Ucell: 2014 yil natijalari!
07.01.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

ucell_7_01_2015

Biz Siz bilan joriy yilning eng muhim va qiziq ma‘lumotlari, voqealari va loyihalari bilan bo‘lishmoqchimiz! Loyihalarning barchasi abonentlar hayotini yanada qiziqarli, osonroq va baxtli damlarini bo‘lishishda yordam berganligiga ishonchimiz komil!

Bizning qish

  • Ucellning «Baxtli tasodif» aksiyasida 5 milliondan ortiq abonentlar ishtirok etdi. Aksiya doirasida 48 ta g‘olib aniqlanib, 1 millionga yaqin abonentlarga O‘zbekiston bo‘yicha 30 ta SMS va tarmoq ichida so‘zlashish uchun 30 daqiqa belgilandi. Aksiyaning yutuq fondi 510 million so‘mni (508 418 718 so‘m) tashkil etdi.
  • Bizning «Internet-poyga» aksiyamizda 150 mingdan ortiq abonentlar ishtirok etdi. Aksiya doirasida 500 000 000 MB Internet-trafik sarflanib, 60 nafar g‘olib aniqlandi. Bosh sovrin – Malayziyadagi «Formula 1» dagi Gran-priga sayohatni, buxorolik Suxrob G‘ulomov qo‘lga kiritdi. Suxrob xalqaro «Sepang International Сircuit» avtodromida jahon miqyosida o‘tkaziluvchi yuqori tezlikdagi poygalar shousiga guvoh bo‘lgan.

Bizning bahor

  • Ucellning 4 milliondan ortiq abonentlari bahoriy «Baxting bor ekan!» aksiyasida ishtirok etib, 40 nafar g‘oliblar qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Aksiyaning yutuq fondi 1 milliard so‘m atrofida (973 189 718 so‘m).
  • Ucell, tarmoq ichida bepul so‘zlashuvni hush ko‘ruvchilar uchun yangi «Ko‘proq» tarifini taqdim etdi! Hisobingizni $2 va undan ortiq mablag‘ga to‘ldirib, tarmoq ichida so‘zlashish uchun 500 daqiqagacha va 50 MB Internet-trafikgacha bonuslarga ega bo‘lishingiz mumkin.
  • Shaxsiy kabinet va «Onlayn Yordam» xizmatini o‘z ichiga olgan, haqi oldindan to‘lanuvchi tizim (Prepaid) abonentlari uchun yangilangan «Mening kabinetim» variantining ishga tushirilishi.
  • O‘zbekistonda ilk bora Ucell abonentlari uchun turli xil hajmdagi korpuslarni o‘z ichiga olgan MultiSIM nano SIM-kartalari ishga tushdi (Oddiy SIM, Micro, Nano).
  • An‘anaviy tarzda o‘tkaziluvchi TeliaSonera Brand Awards tanlovida Ucell Co-branding & sponsorship nominatsiyasida Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i bilan hamkorlikdagi loyiha — «OK» tarifi uchun g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
  • Ucell yangi «FRESH» tarifini ishga tushirdi. Tarif doirasida kunduzgi va tungi qo‘ng‘iroqlar, SMS va Internet yanada arzonlashdi. Shuningdek, hamyonbop muloqot uchun 2 ta sevimli raqamni tanlash imkoniyati taqdim etildi.

Bizning yoz

  • «Mobil voqealar» tanlovi doirasida 100 dan ortiq voqealar o‘qib chiqilib, 10 nafar g‘olib mualliflar nomi aniqlandi. Voqealarning barchasi Ucell aloqasi turli xil vaziyatlarda yordam qo‘lini cho‘zgani yoki hayotni yaxshilik sari o‘zgartirgani haqida bayon qildi.
  • Yoz faslida Ucell, O‘zbekiston telekommunikatsion bozoridagi 6 yillik faoliyatini nishonladi.
  • Ucell yangi abonentlari uchun yangi «50×50» aksiyasi ishga tushdi. Aksiyada 650 ming nafar abonentlar ishtirok etdi.
  • Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarining abonentlari uchun maxsus «Qulay» xizmatlar to‘plami ishga tushdi. To‘plam hamyonbop narxlarda O‘zbekiston bo‘yicha qong‘iroq va SMS, Internetdan foydalanish imkonini beradi.
  • Ucell 48 ta yangi rouming-kelishuvlarini tuzdi. Ayni dam biz 163 ta mamlakat va 421 ta tarmoqlarda abonentlarga sifatli rouming xizmatini ko‘rsatib kelmoqdamiz.
  • Ucell va Samsung Electronics hamkorlikda yangi «Syurprizlar favvorasi» aksiyasini omma e‘tiboriga havola etdi. Aksiyada 1000 ming abonent ishtirok etdi.

Bizning kuz

  • Biz An‘anaviy ICTExpo-2014 Milliy Axborot Texnologiyalari ko‘rgazmasida ishtirok etib, 3 ta shahar – Toshkent, Urganch, Guliston bo‘yicha «Eng ko‘p tashrif buyurilgan stend» nominatsiyasiga loyiq deb topildik.
  • O‘zbekistonda ilk bora M2M texnologiyalari va biznes uchun innovatsion yechimlar mavzusiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
  • Yangi «Cheksiz tun» xizmati bilan 1:00 dan 9:00 gacha tunlar uyqusiz tonglarga ulandi.
  • Chegaralarni kengaytirgan holda, Olmaliq va Urganch shaharlarida yangi sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislarini ochdik.
  • Saytimiz moslashuvchan veb-dizaynga o‘tdi! Endi www.ucell.uz korporativ saytidan qanday qurilmadan foydalanishingizdan qat‘iy nazar, noutbuk, planshet yoki smartfon ekran o‘lchamlariga o‘zi moslashib oladi.
  • Bonuslarni hush ko‘ruvchilar uchun maxsus «Bonusli to‘lov» aksiyasi! Har bir to‘lovdan 10% dan 20% gacha bonuslarni qo‘lga kiriting!

Bizning qish

  • Tezkor mobil Internet uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochgan holda, biz mobil aloqaning to‘rtinchi avlodi bo‘lmish 4G yangi texnologiyasini ishga tushirdik. Yangi LTE texnologiyasi doirasida, abonentlarga qulaylik yaratish uchun 4G maxsus qurilmalarni o‘z ichiga olgan Internet-to‘plamlarni taqdim etdik.
  • Biz orzu qilishni yaxshi ko‘ramiz va barcha orzular amalga oshishi tarafdorimiz! Qish faslida yangi «Ucell bilan orzular sari» aksiyasi ishga tushirildi va uning doirasida 86 nafar g‘oliblar aniqlanishi rejelashtirilgan. Aksiyaning yutuq fondi 1 040 638 344 so‘mni tashkil etdi.
  • Biz bepul «Dinamik ovozli pochta» xizmatini taqdim etdik. Mobil avtojavob beruvchi xizmat — telefoningiz o‘chirilgan yoki xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lganida, ovozli xabar qoldirish imkonini beradi.
  • Bolalar huquqlarini himoya qilish konventsiyasi qabul qilinganligiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan, Ucell Imagine global loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Loyiha O‘zbekiston hududida UNICEF vakolatxonasi tomonidan ishga tushirildi.
  • Biz korporativ mijozlar uchun yangi «Alohida hisob» va «Barcha uchun Internet» xizmatlarini taqdim etdik. «Barcha uchun Internet» xizmati doirasida mavjud narxlar bo‘yicha limitlarni ikki karra ko‘paytirdik.
  • Toshkentda yangilangan Ucell Mobile City ofisi ochildi.

Bugungi kunga kelib, Ucell 8,5 milliondan ortiq abonentlarga xizmat ko‘rsatib, kundalik hayotning ajralmas qismi hisoblanadi. Jamiyatimizning ijtimoiy taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy barqarorlikga o‘z hissamizni qo‘shish maqsadida, biz o‘z abonentlarizmizga qator xizmat turlarini taqdim etamiz.

Biz har bir abonentga ishonch va tanlov uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Biz bilan bo‘lganingiz uchun raxmat!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq