Yagona portal orqali normativ-huquqiy hujjatlarni baholash
06.01.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_6_01_2015

Yagona portalda tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish va qabul qilingan normativ hujjatlarni baholash bo‘yicha yangi tizim ishga tushirildi.

Mazkur tizim aholi va tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlikka tegishli ishlab chiqilayotgan hujjat loyihalari va qabul qilingan hujjatlarni muhokama qilish imkoniyatini beradi.

Yagona portalda foydalanuvchilar tomonidan bildirilgan izoh va takliflar tegishli davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va takliflarni inobatga olish yoki rad etish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar amaldagi normativ hujjatlarning tadbikorlik faoliyatiga ta’sir etishini Yagona portalda joylashtirilgan maxsus so‘rovnomani to‘ldirish orqali baholashda ham ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu tizim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4609-son farmoniga asosan joriy etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq