“UzCaseService” QK “Beeline Business” bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
06.01.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “UzCaseService” Evropada ishlab chiqarilgan qishloq-xo‘jalik va qurilish texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi yetakchi korxonalardan biri bilan “Beeline Business” hamkorlikni kengaytirgani haqida xabar beradi.

“Avval “Buzton”, keyin esa “Unitel” bilan hamkorligimiz – bu 14 yil mobaynidagi iliq, ishonchli va do‘stona munosabatlardir, – voqeani sharhlaydi “UzCaseService” QK bosh direktori o‘rinbosari Timur Xakimov. – 2014 yilda deyarli barcha xodimlarimiz top-menejerlardan tortib hududiy mexaniklargacha korpotariv tarmoqga ulanishdi, harajatlarni sezilarli darajada qisqartirgan holda xodimlarimiz bilan qulay tarif bo‘yicha doimiy va ishonchli aloqani yo‘lga qo‘yishga yordam berdi. Aloqa bozoridagi rivojlanib borayotgan raqobatchilikga qaramay, “Beeline” kompaniyasi o‘z vaqtida amalga oshirayotgan innovatsiyalari va korporativ mijozlarga bo‘lgan alohida yondashuv tufayli, dadil olg‘a intilmoqda, va bizning kelgusidagi uzoq vaqtli hamkorligimiz davom etishiga shubha yo‘q”.

beeline_6_01_2015

Yangi kelishuvlar doirasida qo‘shimcha yuzlab raqamlar yoqildi.

““UzCaseService” QK — zamonaviy istiqbolli korxona, va biznes jarayonlarimizning kelgusidagi rivojlanishiga umid qilamiz, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning korporativ savdolarini rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Fisenko. – Shunday jo‘shqin rivojlanayotgan kompaniyalarga ishonchli xizmatlar va innovatsion takliflar kerak, va bu masalada “UzCaseService” QK ko‘p yillar mobaynida aynan bizning kompaniyamizga ishonib kelmoqdaligi biz uchun muhim”.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq