Тоshkent viloyati hokimiyati misolida AKTdan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari
06.01.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Hozir zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan taraqqiy etayotgan davr hisoblanadi. Respublikamizda AKTni joriy etish va rivojlantirish uchun hukumatimiz tomonidan ko‘plab shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Aytib o‘tish joizki, tugab borayotgan yil sarhisobi bo‘yicha AKT sohasini omma orasida tatbiq etish borasida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini yaratilishi va yuridik, jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarini qonun talablariga muvofiqlashtirilishi mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini joriy etilishida qo‘yilgan muhim qadamlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugungi kunda davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati tashkilotlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini jadal rivojlantirish hamda aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni birgina Toshkent viloyati hokimiyati misolida oladigan bo‘lsak, viloyatda AKTni yanada rivojlantirish, Internet tarmog‘i xizmatlari bilan aholi punktlarini qamrab olishni kengaytirish hamda interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilgani e’tiborga molikdir. Jumladan, hokimiyat huzurida faoliyat yuritayotgan Kompyuterlashtirish markazi AKT joriy etish va rivojlantirish borasida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Aynan markaz tomonidan hokimiyatning rasmiy www.tоshvil.uz veb-portaliga uzluksiz ravishda ma’lumotlar kiritib borilmoqda. Shu bilan birga, hokimiyatning rasmiy veb-saytini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 355-sonli qarori talablariga mosligini ta’minlash Kompyuterlashtirish markazining asosiy vazifalaridan biri etib belgilab qo‘yilgan.

Bu borada markazning olib borayotgan ishlari natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari holatini baholash natijalariga ko‘ra joriy yilning I choragiga nisbatan IV chorak orasidagi farq sezilarli darajada o‘sdi. Ya’ni viloyat hokimiyatining veb-sayti holati I chorak ko‘rsatkichlariga nisbatan joriy yilning 1-dekabr holatiga dastlabki baholash reytingi natijalariga ko‘ra 20,9% ga oshdi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilganlik holatini baholashning NIS.UZ tizimiga Toshkent viloyati hokimiyati tomonidan kiritilgan hisobotlar tahlil etilganda IV chorak hisobot davrida ko‘rsatkichlar 11,1 % ga oshgan.

Hokimiyatning rasmiy veb-sayti orqali yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlariga bugungi kunga kelib 12 ta bazaviy hamda 36 ta qo‘shimcha, jami – 48 ta interaktiv xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida veb-saytning mobil ko‘rinishi ham ishga tushirildi

Hozirgi kunda veb-saytda tadbirkorlik va biznes sub’yektlari uchun tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlikni litsenziyalash, savdoga qo‘yilgan qiymatli ob’yektlar, ijaraga berilayotgan bin ova insoatlar, auksion savdolariga qo‘yilayotgan davlat aksiyalari, viloyatning xorijiy investitsiya va eksport-import salohiyati haqida ma’lumotlar joylashtirilgan bo‘lib, doimiy ravishda yangilanib borilmoqda.

Toshkent viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va yutuqlar uchun joriy yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan InfoCom-2014 AKT haftaligi yakuniy taqdirlovchi marosimida munosib taqdirlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq