Velosiped uchun Omni elektrik g‘ildirak
02.01.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

vel_2_01_2015

Velosiped turizmi ko‘plab mamlaktlarda keng ommalashgan. Hatto ishga ham velosipedda boradiganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu hol inson salomatligiga koni foyda bo‘lishidan tashqari, bunday transport atrof-muhitga zarar keltirmaydi.

Velosiped ishqibozlariga Evelo kompaniyasi Omni g‘ildiraklarini ishlab chiqdi u oddiy temir tulporni elektrikka aylantiradi.

350 Vt.li motor tezlikni 32 km/soatdan oshirish imkonini bermaydi. Ikki turli — 8,7 va 14,5 Ah akkumulyatorlardan birini tanlab olish mumkin, zaryadlanishiga to‘rt soatdan to‘qqiz soatgacha vaqt ketadi. To‘liq zaryad olishi 40dan 64 km.gacha masofa yo‘l bosishga yetadi.

vel_2_01_2015_1

Omni g‘ildiragini boshqarish rulida joylashtirilgan simsiz boshqaruv pulti yordamida amalga oshiriladi. Suyuq kristallli ekranida tezligi va akkumulyatorining zaryadi haqida ma’lumot berib boriladi. G‘ildirakni o‘rnatish 30 daqiqaga yaqin vaqtni oladi.

Velosipedning elektrik g‘ildiragi Omni buyurtma uchun $999 narxda taqdim etilmoqda, 2015-yil mart oyidan yetkazib berilishi kutilmoqda.

Manba: www.evelo.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq