Tobii Glasses 2 ko‘zoynaklarini yetkazib berish boshlandi
02.01.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

tobii_2_01_2015

Tobii Technology kompaniyasi ko‘z yordamida axborot kiritishga ixtisoslashgan Tobii Glasses 2 qurilmasini yetkazib berishni boshlaganligini e’lon qildi. Birinchi navbatda, qurilma eng avval buyurtma berganlarga yetkazib beriladi.

Tobii Glasses 2 ko‘zoynaklari ko‘z qarashi yo‘nalishini kuzatib, istalgan vaqtda foydalanuvchiga xalaqit bermagan holda ma’lumot oladi. Shunday qilib, jamlangan axborotlardan foydalanib: o‘qish uchun, marketing va ijtimoiy tadqiqotlar, sport mashqlari samaradorligini oshirish kabi turli maqsadlarda odamlar xulq-atvori haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

tobii_2_01_2015_1

Qurilma texnik jihatdan juda e’tiborga sazovor. Uning og‘irligi 45 g, biroq shuday bo‘lsada Full HD kamerasi bo‘lib, keng burchakli obyektivi (ko‘rish burchagi 90°), mikrofon, giroskop hamda akselerometr, ko‘z harakatini nazorat qiluvchi to‘rtta kamera bilan jihozlangan. Tasvir foydalanuvchi ko‘rish burchagiga tushadi, simsiz kanal bo‘yicha Windows 7 yoki 8 bilan boshqaruvchi SHK’ga uzatiladi. Ko‘zoynaklarning avtonom ish vaqti — 120 daqiqadan iborat.

Manba: www.tobii.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq