Gadjet Prana foydalanuvchi qomati va nafasini nazorat qiladi
02.01.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

prana_2_01_2015

Turli olib yuriladigan qurilmalar — smart-soatdan tortib fitnes-trekerlargacha — insonning biror harakati asosida sarflangan kaloriyalarni hisoblaydi, pulsni o‘lchaydi, bosib o‘tilgan masofa va boshqalardan ma’lumot beradi. Gadjet Prana (hind so‘zi bo‘lib «nafas olish» ma’nosini anglatadi) shunday devayslardan sezilarli farq qiladi va birinchi navbatda, qomat va nafas bilan «qiziqadi».

Qurilma belga mahkamlanadi va tana holati hamda nafasni uch o‘qli akselerometr yordamida qayd etadi. Ma’lumotlat smartfonga uzatiladi va undagi ilova yordamida sog‘lom bo‘lish uchun nimalar qilish zarurligini bilib olish mumkin.

Gadjet ishi tibbiy tadqiqotlar hamda an’anaviy yoglar tamoyillariga asoslangan. Ma’lumki, to‘g‘ri holat va nafas salomatlikni yaxshilaydi. Smartfonga ulanish Bluetooth orqali amalga oshiriladi, iOS va Android ilovalari mavjud.

Prana 10 turdagi nafas olish ko‘rsatkichlarini ajratib, algoritmlar yordamida tahlil eta oladi. Qurilma xotirasida nafas turlari bo‘yicha ma’lumotlar zahirasi saqlanadi, ular bilan gadjet yordamida tanishib, o‘rganish mumkin. Bundan tashqari, Prana qadamlar sonini ham sanay oladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq