2017-yilda har bir olib yuriladigan gadjet sezilarsiz bo‘ladi
02.01.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

goog_2_01_2015

Google Glass «aqlli» ko‘zoynaklar foydalanuvchilar xususiy hayotlari shaxsiy daxlsizligining buzilishi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Yaqin yillarda mazkur muammo yanada avj olishi mumkin, sababi texnika taraqqiyoti olib yuriladigan elektronikani yanada sezilarsizlashtiradi.

Gartner kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda 30 foizga yaqin kompyuterlashgan gadjetlar tanada olib yurishga mo‘ljallangan bo‘lib, atrofdagilar ko‘zidan yashirin bo‘ladi. Ko‘rinmas qurilmalar prototiplari allaqachon yaratilgan: bu kiritilgan datchiklarga ega «aqlli» kontakt linzalar va zargarlik taqinchoqlaridir.

«Zamonaviy olib uriladigan elektronika hammaga ko‘rinadi (masalan, smart-ko‘zoynaklar), shu sababli ularni yangi shaklga kiritib, texnologik qismlar bilan to‘liq yashiradilar», — farazini ilgari suradi, Gartner tadqiqotchisi, Annet Simmerman (Annette Zimmermann).

Uning hamkasbi Brayan Blau (Brian Blau) virtual reallikni tasvirlashga mo‘ljallangan bosh kiyimda joylashgan displey (Head Mounted Display, HMD) kabi segmentlarni istiqbolli hisoblaydi. Yaqin vaqtlargacha bunday qurilmalardan harbiylar o‘qish maqsadlarida foydalanganlar, biroq kelajakda HMD-uskunasi tashqi tomondan jozibali bo‘lib, undan foydalanuvchilar doirasi kengayib borishi mumkin, deydi Blau. 2018-yilda «aqlli» shlem va boshqa shunday bosh kiyimda olib yurilaian displeylar savdosi 25 mln. donadan ortib ketishi mumkin.

Manba: www.gartner.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq