Nаmangan viloyati Davlat va xo‘jalik boshqaruvida AKT
01.01.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Shamsitdin Toshtemirov.

nam_1_01_2015

Mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni jadal rivojlantirish hamda ularni davlat boshqaruvi organlarida ta’lim tizimida va iqtisodiyotning real sektorida keng joriy etish bo‘yicha Yurtboshimiz hamda Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan Qarorlar asosida davlat boshqaruvini hamda iqtisodiyotning hamma sohalarini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini ko‘paytirish va ularning faoliyati uchun ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlarining sifatini yaxshilash borasida Namangan viloyatida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mahalliy hokimlik organlarida AKT’ni joriy etish samaradorligini oshirish, aholiga hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar va xususiy tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlarining sifatini yaxshilash to‘g‘risida»gi 2013-yil 5-martdagi 64-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasining 2013-yil 1-apreldagi 80-f sonli farmoyishidagi vazifalarni bajarilishni ta’minlash maqsadida Namangan viloyatida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Viloyat hokimning 2013-yil 5-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-martdagi 64-sonli yig‘ilish bayoni (20.03.2013-yil, 01-08-17-8-sonli) ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 107-sonli Qarori Viloyat kompyuterlashtirish markazi va Qo‘mitaning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarildi va tasdiqlandi. Viloyatida 2014-yilda AKT’ni joriy etish va rivojlantirish, kompyuter texnikasidan foydalanish, yagona himoyalangan elektron pochtani va elektron hujjat aylanishi tizimlarini joriy etish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan 15 banddan iborat loyihalar manzilli dastur rejasi ishlab chiqilib, Viloyat hokimi tomonidan tasdiqlandi va Qo‘mita raisi bilan kelishildi.

Namangan viloyatida 2014-yilda AKT’ni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiriladigan 63ta yirik tashkilot va idoralar xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxati shakllantirilib, tasdiqlandi. Mazkur ro‘yxat asosida tashkilot va idoralarda amalga oshilayotgan ishlarni monitoring qilish jadvali tasdiqlanib, 9 oy davomida 40ta tashkilot va idoralarda o‘rganishlar o‘tkazildi. Namangan viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘zRAATTDQ Namangan viloyat hududiy boshqarmasi hamkorlikda, tabiatni muhofaza qilish tizimida AKT’ni yanada rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish hamda tatbiq etish buyicha 6 banddan iborat qo‘shma ish rejasi qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining AKT sohasida malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 73-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 105-sonli qarori qabul qilindi va unga asosan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali tomonidan Namangan Davlat universiteti bazasida viloyatdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbar va mutaxassislarini o‘qitish rejalashtirilgan. Hozirgacha 100dan ortiq tashkilotlar 1300 nafarga yaqin xodimlarni o‘qitish uchun TATU Farg‘ona filialiga buyurtmanomalar taqdim etildi. Hozirda 15ta tashkilot va idoralarning xodimlarini o‘qitish ishlari TATU Farg‘ona filiali tomonidan ishlab chiqilgan dars rejasi asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Viloyat hokimligi markaziy apparati xodimlari 100 foiz kompyuter bilan ta’minlangan bo‘lib, lokal tarmoqqa ulanganlik darajasi 92 foizdan 100 foizga ko‘tarildi. Shahar va tuman hokimliklarida lokal tarmoqqa ulanganlik darajasi 100 foizni tashkil etmoqda. Xodimlarning kompyuter texnikasidan foydalanish samaradorligi viloyat hokimligi markaziy apparatida 71,5 foizni tashkil etmoqda. Viloyat hokimligi markaziy apparatida xodimlar elektron pochta (jami xodimlar soniga nisbatan 100% tashkil etadi), shu jumladan, 42ta elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1730-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2012-yil 30-martdagi «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarori qabul qilindi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2012-yil 12-iyunda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi joylarga ijro uchun yuborildi, shuningdek, viloyat hokimligi huzuridagi «Kompyuterlashtirish markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan «E-xat» va «E-hujjat» tizimlarini viloyatda joriy etish bo‘yicha distribyutorlik shartnomasi imzolandi va viloyat, shahar, tuman hokimliklarida jami 14ta ishchi o‘rinli E-xat yagona himoyalangan elektron pochta tizimi va 116ta ishchi o‘rinli E-hujjat dasturi o‘rnatildi, «Uz» domenida registratorlik, elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish huquqi olindi, shuningdek, hozirda zamonaviy talablarga javob beradigan veb-saytlar yaratish, dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Viloyat, shahar va tuman hokimliklari 2 mb/s. tezlikdagi Internet bilan ta’minlandi va Internet tarmog‘idan to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

nam_1_01_2015_1

Qog‘ozsiz hujjat almashinuvi korporativ elektron pochta yordamida viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari o‘rtasida amalga oshirilishi bilan birga, bugungi kunda viloyat soliq, moliya, iqtisodiyot, mulk, statistika, monopoliya, madaniyat va sport, adliya, bojxona boshqarmalari, viloyat markaziy banki hamda barcha turdagi banklar, kommunal soha tashkilotlari «E-xat» tizimiga hozirgi kunga qadar jami 190ta Viloyat boshqarmalari va tashkilotlar ulandi va bu borada ishlar davom ettirilmoqda. Shuningdek, Namangan viloyatida Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbar va xodimlarini «Kompyuter savodxonligini baholash tizimi» orqali on-layn tarzda attestatsiya o‘tkazildi.

nam_1_01_2015_2

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasi va ko‘nikmalarini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishda kompyuter texnikasi va AKT’dan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida» 2011-yil 27-oktabrdagi 289-sonli qarori hamda Davlat qo‘mitasining 2014-yil 10 yanvardagi 17-8/149-sonli xati va viloyat hokimining 2014-yil 24-fevraldagi 53-sonli qaroriga muvofiq Respublika Attestatsiya komissiyasi tomonidan 2014-yil 15-may — 7-iyun kunlari viloyatdagi 143ta davlat va xo‘jalik tashkilotlarining 3873 nafar rahbar va barcha mas’ul xodimlarini, shuningdek, o‘tgan davrda yangi ishga qabul qilingan viloyat, shahar va tuman hokimlik organlari mas’ul xodimlarini komp’yuter texnikasi va AKT’dan foydalanish bo‘yicha bilim darajalari on-layn attestatsiya tasdiqlangan jadvalga asosan Namangan shahridagi Nodira nomli viloyat axborot-kutubxonasida attestatsiyadan o‘tkazildi.

Namangan shahar va tumanlar hokimliklarida xodimlar kompyuter tarmog‘i bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘tarildi. Shahar va tuman hokimliklarida xodimlar elektron pochta, shu jumladan, elektron raqamli imzo kalitlari bilan bilan ta’minlangan. Xodimlarning kompyuter texnikasidan foydalanish samaradorligi shahar va tuman hokimliklarida esa o‘rta hisobda 70,3 foizni tashkil etmoqda.

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 2014-yil uchun Internet uchun mablag‘lar ajratilib, hozirda shahar va tuman hokimliklari Internetdan 2 Mb/s. tezlikda foydalanmoqda. «Agroiqtisodiyot» axborot tizimini joriy etish bo‘yicha «Qishloqxo‘jalikkimyo» shohobchalariga o‘rnatilgan — 41ta noutbuk va Viloyat neft-baza korxonalari shohobchalariga berilgan — 67ta planshet dasturlarini yangilash ishlari amalga oshirildi. Barchasi Internet tizimi bilan ta’minlangan. Bozorlar uyushmasi bilan hamkorlikda 18ta bozorlarga videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish hamda ularni ishga tushirishda hududiy boshqarma tomonidan amaliy yordam berildi.

nam_1_01_2015_3

Viloyat kompyuterlashtirish markazi bilan hamkorlikda yaratilgan Uychi tuman hokimligining www.uychi.uz va «Paxtasanoat» hududiy birlashmasining www.nampaxta.uz veb-saytlari Internet tarmog‘iga joylashtirildi. O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamda viloyat Matbuot va axborotlashtirish boshqarmasi bilan namnews.uz veb-portalini yaratish bo‘yicha portal loyihalari ishlab chiqildi. Shuningdek, ayni vaqtda, Chust, Chortoq, Pop, Namangan, Uchqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarining rasmiy veb-saytlari ishlab chiqildi hamda saytni ma’lumot bilan to‘ldirish va Internetga joylashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, viloyat hokimligining rasmiy veb-saytining yangi versiyasi ishlab chiqildi, ma’lumotlar shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat, shahar va tuman hokimliklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari reyestirini ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi 256-sonli qarori talablariga muvofiq viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti dizayni ishlab chiqilib va namangan.gov.uz domen nomi bilan ishga tushirildi. U orqali bazaviy 12ta interaktiv davlat xizmatlari, shuningdek, qo‘shimcha 3ta (tadbirkorlar murojaatlarini elektron tarzda ko‘rib chiqish, deputatlarga murojaatlar hamda yangi «Namunaviy uy-joylar qurilishi») va qo‘shimcha 10ta jami 25ta interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan va davlat reyestrida ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2012-yil 30-dekabrdagi 378-sonli Qarorinining ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyat hokimining 11-sonli qarori qabul qilindi. Qaror ijrosi yuzasidan tasdiqlangan Nazorat rejasiga muvofiq viloyat hokimining 2014-yil 31-yanvardagi 39-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda kelib tushgan ariza va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha viloyat hokimligining yetakchi mutaxassisi M. Dedamirzayeva mas’ul etib belgilandi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga viloyat hokimligi, shahar va tuman hokimliklari hozirgi kunda ulangan hamda barcha mas’ul xodimlarga shaxsiy kabinet ochib berilgan va ushbu tizim orqali fuqarolar murojaatlarini qabul qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida AKTni rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 355-sonli qarori ijrosi yuzasidan viloyat hokimining 2014-yil 11-yanvardagi 12-sonli qarori qabul qilindi. Hozirda Milliy axborot tizimi NIS.uz’da viloyat hokimligi va uning quyi tizimlari bo‘yicha tegishli savolnomalar taqdim etildi, baholash metodikasiga asosan tashkilot va idoralarda AKT sohasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi va ijrosi nazoratga olindi. Har chorak yakuni bo‘yicha nis.uz milliy axborot tizimida joylashtirilgan tahliliy savolnomalar o‘z vaqtida va sifatli to‘ldirib borilmoqda.

Axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan hokimliklardagi 235ta kompyuterlarga 4,8 mln. so‘mlik 2014-yil uchun «Kasperskiy» litsenzion antivirus dasturi sotib olinib, o‘rnatildi va uning bazasi muntazam yangilab borish tashkil qilindi. Axborot xavfsizligi yuzasidan xodimlarning malakalarini oshirish va viloyat, shahar hamda tuman hokimliklari, boshqarma va tashkilotlarda tizim va resurslarni himoya qilish bo‘yicha reja-jadvalga asosan joylarga chiqib, axborot xavfsizligini ta’minlash, axborotlashtirish qoidalariga rioya qilish hamda kompyuter texnikalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha monitoring tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda. Viloyat hokimligi binosida Kompyuter markazining xonasi ta’mirlanib, server alohida himoyalangan, xonaga o‘rnatildi.

Axborot xavfsizligini yuzasidan «Viloyat, shahar va tuman hokimliklarida hamda tashkilot va idoralarda xodimlar tomonidan kompyuter texnikasi, Internet tarmog‘idan samarali foydalanish va axborot xavfsizligi tartib-qoidalari to‘g‘risida»gi yo‘riqnoma ishlab chiqildi va Viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanib, hokimliklar va tashkilotlarga yuborildi. Viloyat, shahar va tuman hokimliklarida axborot xavfsizligini ta’minlash siyosati ishlab chiqilib, viloyat hokimi tomonidan tasdiqlandi, Viloyat hududiy boshqarmasi bilan kelishildi.

O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2014-yil 20-fevraldagi qaroriga asosan 14–18 aprel kunlari Namangan viloyatida «Axborot xavfsizligi» holati yuzasidan viloyat, shahar, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Chortoq tumanlar hokimliklarida o‘rganish o‘tkazildi va mazkur o‘rganish natijalari yuzasidan viloyat hokimi tomonidan 2014-yil 24-aprelda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Namangan viloyatining davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida kompyuter bilan ta’minlanganlik darajasi 2014-yil davomida 78 foizdan 89 foizga ko‘tarildi, viloyatdagi 40dan ortiq boshqarmalarda qo‘shimcha yangi rusumdagi kompyuter va orgtexnikalar bilan ta’milandi. Lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish yana 15ta tashkilotda amalga oshirildi va ko‘rsatkich 76 foizga, korporativ tarmoqqa ulanganlik darajasi 69 foizga, xodimlarning internetdan foydalanish darajasi 70 foizga oshdi, aksariyat tashkilotlar foydalanib kelayotgan Internet tarmog‘i Tas-IX tarifiga o‘tkazildi.

Viloyat kompyuterlashtirish markazi bilan hududiy boshqarma xodimlari hamkorlikda, Viloyat iqtisodiyot boshqarmasida kompyuter lokal tarmog‘ini yaratish loyihasini ishlab chiqildi va tarmoq ishga tushirildi. Natijada kompyuterlar lokal tarmoqqa ulandi va yana qo‘shimcha kompyuterlarni ulash imkoni yaratildi.

Namangan viloyatida, 2014-yilda AKT’ni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar manzilli dasturiga muvofiq Namangan viloyati Namangan tumani Orzu mavzesida 26ga yer maydoniga qurilayotgan 150dan ortiq namunaviy uy-joylarning qurilishini monitoring qilish tizimini yaratish maqsadida, hududiy boshqarma, «Kompyuterlashtirish markazi» hamda «Qishloq qurilish Invest» korxonasi birgalikda qurilish borayotgan obyektda 21 metrli beton ustun o‘rnatildi. Unga videokamera va radioqurilma montaj qilindi. Hozirda videokuzatuv moslamalari va zarur bo‘lgan texnik jihozlar o‘rnatildi va videokuzatuv onlayn rejimida planshet orqali kuzatish imkoni yaratildi.

Viloyat hokimligining kompyuterlashtirish markazi bilan hamkorlikda viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasida lokal tarmog‘ini yangitdan qayta loyihalash va qurish ishlari amalga oshirildi. Mazkur amalga oshirilgan ishlar natijasida Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi 100% lokal va Internet tarmog‘iga ulandi.

Manzilli dasturining 14-bandiga muvofiq Namangan viloyatida shahar va tumanlarda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xatlovdan o‘tkazilgan. MFY va QFY’larda mavjud kompyuter texnikasi bilan ta’minlanganligi va aloqa vositalari mavjudligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi va barcha ma’lumotlar jamlandi. Hozirda «Mahalla-N» dasturi MFY yoki QFY haqida unda yashovchi fuqarolar va ularning yashash joyi, turmush tarzi, yer maydoni, xonadonda istiqomat qiluvchi aholini barcha parametrlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini saqlovchi va berilgan so‘rovlar bo‘yicha hisobotlar olish imkoni beruvchi dasturiy mahsulot ishlab chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo‘mitasining 2014-yil 30-apreldagi 23-8/2594-sonli topshirig‘iga asosan Namangan viloyati hududida O‘zbkiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari terminallari o‘rnatilgan va o‘rnatilishi rejalashtirilgan hududlarda aloqa qamrovining mavjudligi bo‘yicha 2014-yil 24–28 may kunlari o‘rganishlar o‘tqazildi. Unda Namangan viloyati Markaziy bank qoshidagi «Axborotlashtirish bosh markazi» DUK Namangan viloyat bo‘limi yetakchi mutaxassisi, O‘zRAATTDQ Namangan viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi, AATTSNBDI Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi inspektori, Namangan viloyati EMMX muhandisi va «O‘zbektelekom» AK Namangan filiali TTR va EK bo‘limi boshliqlari qatnashdilar. Unda tijorat banklari tomonidan plastik kartochka terminallari o‘rnatilgan va o‘rnatilishi rejalashtirilayotgan hududlarda aloqa qamrovining mavjudligi to‘g‘risida viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan 6199ta tadbirkorlik subyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi hamda terminallar haqidagi ma’lumotnoma rasmiylashtirildi.

nam_1_01_2015_4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-sonli Qarori talablariga muvofiq zamonaviy AKT’ni va integrallashgan axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha «Vodiygazta’minot» UK Namangan viloyat shahar va tumangaz filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish (FFM) boshkarmasi rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralarni 2014-yilning 26–27 may kunlari o‘rganildi. Boshqarmada AKT’ni joriy etish bo‘yicha 2014-yilda barcha kompyuterlar lokal tarmoqqa ulangan. Bundan tashqari, «O‘ztransgaz» kompaniyasining 2014-yil 26-martdagi «Billingaz» interaktiv elektron tizimini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi 124-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan boshqarmaga 528ta «Artel» brendidagi uyali aloqa apparatlari internet uchun ajratilgan. Hozirda ushbu mobil aloqa apparatlarini tuman va shahargaz xodimlariga yetkazib berish ishlari davom etmoqda.

Respublika buyicha Namangan viloyati, Namangan shahri Amir Temur ko‘chasida joylashgan 2ta ko‘p qavatli uyda yashovchi tabiiy gaz iste’molchilariga zamonaviy Janubiy Koreya davlatining HITEC korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan simsiz onlayn elektron gaz hisoblagich joriy yilning 24-aprel kunidan o‘rnatilgan bo‘lib, bu elektron gaz hisoblagichlarni boshqarmada turgan holda Internet elektron tizim orqali soatlik, kunlik va oylik tabiiy gaz sarfini kuzatish, gaz hisoblagichlarni xonadondagi ishlash holati ular bilan bo‘lgan elektron aloqa uzluksizligini doimiy nazorat qilib borilishi imkoniyatiga ega.

«O‘zbektelekom» AK Namangan filiali tomonidan Namangan Davlat universiteti, Namangan muhandislik pedagogika instituti, Namangan muhandislik texnologiya instituti o‘quv binosi hamda 3ta talabalar turar-joylarida talabalarga Internet tarmog‘idan foydalanish uchun 6ta Wi-Fi zonalar tashkil etildi. Qo‘mita tomonidan joriy yilning 19-mart kuni tashkil qilingan «Joylardagi davlat boshqaruv organlarida Axborot kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilishni samaradorligini baholash tizimidagi savolnomani muhokamasi» va «Rahbarlarni qa-buliga yozilish onlayn tizimi» mavzusidagi videokonferensiyasida Namangan viloyat, shahar va tuman hokimliklari mas’ul xodimlari qatnashishi ta’minlandi va bevosita ishtirok etib, o‘tilgan mavzu bo‘yicha berilgan topshiriqlar bajarilishi nazoratga olindi.

Namangan viloyati Matbuot boshqarmasida 2014-yilda «Elektron hukumat: afzalliklari va samaralari» mavzusida matbuot-konferensiyasi o‘tkazildi. Anjumanning asosiy maqsadi «Elektron hukumat» boshqaruvi axborot tizimini viloyatda joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar, uning samaralarini OAV vakillariga yetkazishdan iboratdir. Tadbir davomida zamonaviy AKT’ni jadal rivojlantirish hamda ularni davlat boshqaruvi organlarida, ta’lim tizimida va iqtisodiyotining real sektorida keng joriy etish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar natijasida davlat boshqaruvini hamda iqtisodiyotning hamma sohalarini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan interkativ davlat xizmatlarining sifatini yaxshilashga erishilayotgani ta’kidlandi. Konferensiyada Viloyatda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob oldilar. Davra suhbati qiziqarli tarzda o‘tkazildi.

Ma’lumotlar uzatish xizmati ko‘rsatuvchi litsenziyatlar soni 32tani tashkil etib yil boshiga nisbatan 6taga ko‘paydi. Internet kafelar soni 37tani tashkil etadi.

Internetdan foydalanuvchilar soni mingdan 491 mingdan oshib, yil boshiga nisbatan 11,7 mingga ko‘paydi. 2014-yil 1-oktabr holatiga interaktiv raqamli IPTV xizmatidan foydalanuvchilar soni 649tani tashkil etdi. (O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 501taga, yil boshiga nisbatan 309taga ko‘paydi).

Internet tarmog‘iga ulangan Davlat boshqaruvi organlari soni 150 taga, xo‘jalik yurituvchi subektlar soni 1541taga yetdi.

nam_1_01_2015_5

Viloyatda Internet tarmog‘idan foydalanuvchilarning va ommaviy foydalanish punktlarining o‘sish dinamikasi

Telekommunikatsiya tarmog‘ining ish sifati, mavjud muammolari hamda keng polosali Internet xizmatlari va belgilangan rejani bajarish yuzasidan 24-fevral kuni «O‘zbektelekom» AK Namangan filialida rahbar va ma’sul xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Viloyatda Internet kafe ochish istagida bo‘lgan talabgorlarga litsenziya olish uchun talab etiladigan hujjatlar to‘plami to‘g‘risida ma’lumot berildi. 9 oy davomida 10 nafar xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tekshirib, qabul qilindi va qo‘mitaga yuborildi. Qo‘mita tomonidan berilgan litsenziyalar tegishli korxona rahbarlariga yetkazildi.

«Navbahor» stadioniga 17ta videokameralar o‘rnatildi. 7ta simli telefon hamda 6-dona WiFi qurilmasi, 2 dona Switch qurilmasi o‘rnatildi. LED-ekrani uchun 24 tolali optik kabeldan 460 metr, 8 tolali optik kabeldan 765 metr yotqizildi va yakunlovchi qismlarini montaj qilindi. Shkaf o‘rnatildi va 2200 metr optik liniyani yakunlovchi qurilmalarini montaj qilindi. Yer osti trassalarini bir-biriga ulandi. TV signallaripi uzatish uchun kabellar maxsus xonagacha montaj qilindi.

Shu yilning noyabr oyida Qo‘mita topshirig‘iga asosan, «UNICON.UZ» DUK bilan hamkorlikda Namangan viloyatida «Ijro intizomi» axborot tizimini joriy qilish bo‘yicha viloyat, shahar va tuman hokimliklari, barcha vazirlik va idoralarning viloyat va tuman boshqarmalarida (jami 80dan ziyod tashkilotlarda) «Ijro intizomi» idoralararo axborot tizimini joriy qilish uchun bir qator ishlar amalga oshirildi. Xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va muassasalarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha tayinlangan mutaxassislar uchun joriy yilning 21-noyabr kuni Axborot xavfsizligi bo‘yicha Namangan viloyati Nodira nomli axborot kutubxona markazida Xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi muassasalardagi AKT bo‘yicha mas’ul xodimlar uchun O‘zRAATTDQ Namangan viloyati hududiy boshqarmasi rahbar, xodimlari tomonidan o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminar davomi «Axborot xavfsizligi markazi» tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar seminar qatnashchilariga yetkazildi. Seminar davomida axborot xavfsizligi bo‘yicha seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga HB xodimlari tomonidan javoblar berildi. Seminarga jami 105 nafar AKT mutaxassislari qatnashdi hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni flesh disklarga yozib berildi. Shu yilning 3-dekabr kuni Nodira nomli viloyat axborot kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligi munosabatiga bag‘ishlangan «Mustaqillikni mustahkamlagan qomus» nomli kitobxonlar konferensiyasi tashkil qilindi. Konferensiya ko‘tarinki ruhda o‘tib, unda 100 ortiq mehmonlar qatnashishdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq