Davlat idoralarida ishlab chiqilayotgan va qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni Yagona portal orqali baholash tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
01.01.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_1_01_2015

30 dekabr kuni Aloqa tarixi muzeyida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda UZINFOCOM Markazi bilan hamkorlikda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad davlat organlari xodimlarining Yagona portalda davlat idoralarida ishlab chiqilayotgan va qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yilning 2 dekabridagi № 328-son qarorida nazarda tutilgan mexanizmlarga asosan muhokama qilish va baholash tizimini joriy qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirish, bu bo‘yicha ularning takliflarini o‘rganish va tizim faoliyatini takomillashtirishdan iborat.

UZINFOCOM Markazi mutaxassislari tomonidan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning yoki ularning loyihasini baholash tizimi imkoniyati va qulayliklari, xususan har bir hujjatni joylashtirish va undagi bo‘limlarni izoh qoldirish orqali alohida muhokama qilish imkoniyati yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Seminarda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PQ-4609 son Farmoniga qaratilib, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka keng yo‘l ochish borasida davlat idoralarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni baholash tizimi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir mobaynida davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etishning muhim vazifalari ishtirokchilar fikr-mulohazalari asosida tahlil qilinib, sohani istiqbolda rivojlantirish, AKT yordamida aholi, tadbirkorlik sub’ektlariga yanada keng qulaylik yaratish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflar ishlab chiqildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq