“Beeline” Bosh direktorining elektron manzili 2015 yilda ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish uchun amal qiladi
31.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” 2014 yilning may oyida ochilgan bosh direktorning shaxsiy elektron qutisi GD@beeline.uz to‘xtovsiz ravishda abonentlarning savol va takliflarini qabul qilishda davom etmoqda. Kompaniya rahbariyati va mijozlar o‘rtasida o‘rnatilgan aloqa kanalining barpo etilishi davridan boshlab, Aleksandr Vorobyov abonentlarning so‘rov va istaklari bitilgan yuzlab maktublarga javob berdi.
“Ochiq-oydinlik hamisha kompaniya tashrifnomasi bo‘lib kelgan, va biz albatta 2015 yilda mijozlarimiz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish kabi yaxshi an’anani davom ettiramiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel” MChJ Bosh direktori Aleksandr Vorobyov. – Elektron qutining sakkiz oylik faoliyati davomida abonent bilan bevosita aloqani talab qiluvchi ko‘p savollarni ijobiy yechimini topdik. Mijozlarimizning iliq minnatdorchilik maktublari uchun tashakkur bildiramiz, chunki ular bizni ilhomlantiradi! Butun kompaniya nomidan O‘zbekiston xalqiga Yangi yilda Baht, quvonch va sog‘lik tilayman! Hamisha do‘stu — yaqinlaringiz bilan aloqada qoling!”
Eslatib o‘tamiz, GD@beeline.uz elektron manzili doimiy ravishda faoliyat yuritadi, kompaniya yozuvlarning mahfiyligini kafolatlaydi.
Manba: kompaniya press-relizi