“Beeline Club”ning Facebook‘dagi sahifasida oltinchi kompyuter o‘ynalmoqda
30.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” bugun “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Beeline Club” sahifasining foydalanuvchilari uchun navbatdagi tanlovni boshladi. Avval “Olti kompyuterdan birini yutib ol” aksiyasi doirasida beshta alohida tanlov o‘tkazilib, g‘oliblar kompyuterlarni qo‘lga kiritgan edilar. Mazkur bosqichda oltinchi kompyuter o‘ynalmoqda.

Facebookdagi “Beeline Club” sahifasiga a’zo bo‘lib, tanlov postiga “Like” bahosini qo‘yib, u yerda nima uchun aynan u kompyuter yutib olishi lozimligi haqida sharh qoldirib, tanlov haqidagi yangilik bilan o‘z sahifasida bo‘lishgan har bir ishtirokchida g‘olib bo‘lish imkoniyati bor.

Tanlov 30 dekabrdan 8 yanvarga qadar (shu kun ham kiradi) o‘tkaziladi. Eng ko‘p “Like” bahosini to‘plagan sharh egasi kompyuterni qo‘lga kiritadi. “Like” baholarini sun’iy ravishda ko‘paytirish man etiladi, tanlov qoidalariga rioya qilmagan ishtirokchilar o‘yindan chetlatiladi.

Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasi “Beeline” kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun “Beeline” xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga “Gold” kartasi, 3000 ball evaziga esa “Platinum” kartasini qo‘lga kiritish mumkin. “Status” tarif rejasi abonentlari avtomatik holda “Beeline Club” ishtirokchisiga aylanadilar.

“Beeline”ning “Beeline Club”ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq