“Beeline” jurnalistlar uchun “Aloqada bo‘l -2014” tanlovining g‘oliblarini e‘lon qildi
29.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Aloqada bo‘l-2014” nomli aloqa va telekommunikatsiya sohasiga oid eng yaxshi jurnalistik ishi tanlovinining natijalarini e’lon qildi.

beeline_29_12_2014

Eslatib o‘tamiz, tanlov 2014 yilning oktyabr oyida e’lon qilingan edi. 2014 yil 7 oktyabrdan 12 dekabrga (shu kun ham kiradi) qadar nashr qilingan yoki efirga chiqqan istalgan janrdagi mualliflik ishlari muhokamaga qabul qilindi. Tanlov natijalari bo‘yicha 10 nomzoddan tashkil topgan short-list tuzildi.

    1. Babayev Boris, Kultura.uz saytining bosh muharriri;
    2. Dovlatov Denis, Uzbekistan Today gazetasi muxbiri;
    3. Karimova Nelli, “Elektron Hukumat” rivojlanish Markazi matbuot-xizmatining rahbari;
    4. Krichagina Natalya, PR.uz muharriri;
    5. Mutin Sergey, “Toshkent haqiqati” gazetasining axborot bo‘limi rahbari;
    6. Reymbayeva Malika, Kommersant.uz bosh muharriri;
    7. Sklyarevskiy Yevgeniy, UZINFOCOM markazidagi ZiyoNET ta’lim tarmog‘ining yetakchi mutaxassisi;
    8. Sultonov Raximjon, jurnalist;
    9. Teshayev Andrey, Podrobno.uz axborot agentligi bosh muharriri;
    10. Tulegenov Sharofitdin, Sharh.uz eksperti.

Evgeniy Sklyarevskiy, tanlovning doimiy ishtirokchisi: “Men ushbu tanlovda har yili ishtirok etaman, 2012 yilda men birinchi o‘rinni egalladim, bu safar esa short-listga kirdim. Men “Beeline” kompaniyasiga maqolalar yozish va ijod qilish uchun rag‘batlantirayotgani uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Har yil, kompaniya tanlov e’lon qilishidan avval telekom mavzusida qanday maqola yozish, o‘z fikrlarimni qanday tuzish haqida o‘ylayman. Bu faqat sovrinlar uchun emas, balki O‘zbekistonning telekom sohasidagi yetakchisining tanlovida ishtirok etishni istaganimiz uchun. Fursatdan foydalanib, “Beeline” kompaniyasini ochiqlik va qulayligi uchun, Zo‘r-Zo‘r tanlovlari va geymerlarimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun, shuningdek hayotimizga olib kiritayotgan innovatsiyalar uchun minnatdorchilik bildiraman”.

beeline_29_12_2014_1

Short-listga kirgan nominantlar ishtirokida maxsus tadbir bo‘lib o‘tdi va u yerda g‘oliblarni ismlari ma’lum bo‘ldi:

    I o‘rin – Raximjon Sultonov;
    II o‘rin – Boris Babayev;
    III o‘rin – Malika Reymbayeva.

beeline_29_12_2014_2

Raximjon Sultonov, tanlov g‘olibi: “Mening ishim yuqori baholanganidan mamnunman. Tanlovga so‘rov yuborganimdan beri “Skype orqali to‘y” maqolamni 12 saytda chop etishdi va bir necha tilga tarjima qilindi. Mening maqolam sevgi va ushbu sevgi qissasini bahtli qilishga yordam bergan zamonaviy texnologiyalar haqida. Men o‘zim Internetning aktiv foydalanuvchisiman, va 3G-modem doim men bilan birga. Bugun jurnalist uchun alohida xona ham shart emas, sevimli ishi bilan shug‘ullanishga yordam beruvchi Inernet bilan noutbukning o‘zi kifoya”.

beeline_29_12_2014_3

G‘oliblar tanlov haykalchalari, diplom va qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiritdilar: birinchi o‘rin uchun Samsung GALAXY Note 10.1 plansheti, ikkinchi va uchinchi o‘rin uchun Samsung GALAXY S III Mini va Samsung GALAXY Ace II smartfonlari. Boshqa ishtirokchilarga 3G USB-modemlar va diplomlar topshirildi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq