Olimjon Mirzayev, O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi direktori o‘rinbosari bilan suhbat
26.12.2014
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

cif_26_12_2014

Ахborot xavfsizligini ta’minlash markazi davlat muassasasi shaklida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentabrdagi 250-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Aloka, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 19-sentabrdagi 350-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Markazda hozirda 80dan ortiq xodim faoliyat yuritmoqda.

Markazning faoliyati bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda davlat mahalliy hokimlik organlari, tadbirkorlik subyektlari va aholini tanishtirish, ular bilan hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘yish maqsadida Markaz haqidagi ma’lumotlar, yangiliklar, bepul dasturiy mahsulotlar, «UZ.» domenidagi faol zaifliklar, Internet foydalanuvchilari uchun qayta aloqa, axborot xavfsizligini ta’minlashga oid savollarga javoblar va boshqa ma’lumotlarni o‘zida mujassam qilgan (www.infosec.uz) veb-sayti yaratildi.

Markazda Internet tarmog‘idagi resurslarni tahlil qilish, turli xil yovuz maqsadli foydalanuvchilarni ruxsatsiz kirishlari va axborot o‘g‘irlashlarining oldini olish, tarmoqdagi ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, sodir bo‘ladigan hodisalarga qarshi kurashish va ularni tezda bartaraf etish bo‘yicha bir nechta hujjat loyihalari ishlab chiqildi. Respublika davlat organlari hamda davlat tasarrufidagi korxona va tashkilotlarning 116ta veb-saytlari xavfsizlik, zaifligi bo‘yicha tekshirilib, ulardan 25tasida bu boradagi kamchiliklar aniqlandi va hisobot tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnolgiyalari davlat qo‘mitasi (Qo‘mita)ga taqdim qilindi. Hozirga qadar respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilot va shaxsiy veb-saytlarda 171ta hodisa aniqlangan. Shuningdek, mazkur zonada 72ta zaifliklar aniqlandi.

cif_26_12_2014_1

Markaz tomonidan Internet-madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha ham bir qancha ishlar olib borildi. Jumladan, O‘zbekiston «Adolat» SDP va ijtimoiy hamkorlar tomonidan Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan davra suhbatlarida Internet-madaniyatining ahamiyati va uni rivojlantirishga doir ma’ruzalar bilan Markaz xodimlari ishtirok etdilar. Shu bilan birga, Markaz va «Madaniyat va ma’rifat» telekanali ijodiy guruhi hamkorligida Internetdan foydalanish madaniyatiga oid ikki qismdan iborat «Mezon» nomli ko‘rsatuv tayyorlanib, efirga uzatildi. Bundan tashqari, Markazning ushbu yo‘nalishdagi xodimlari tomonidan respublikaning bosma nashrlarida Internet-madaniyatga doir bir nechta maqolalar e’lon qilindi.

Markaz faoliyati bilan doimiy ravishda keng ommani tanishtirib borish, vazirlik va idoralar, aloqa va axborotlashtirish sohasi tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlikni oshirib borish, xodimlarining axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2014-yil 24-martdan 12-aprelgacha Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida magistrantlarga, 25-aprelda «Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida kadrlar malakasini oshirish» davlat korxonasi xodimlariga, 2–28 iyun kunlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining barcha viloyatlardagi bo‘linmalari xodimlari uchun axborot xavfsizligini ta’minlashga doir o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

O‘tgan davrda markaz tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatildi: Markaz mutaxassislari tomonidan tegishli tashkilotlar xodimlari bilan birgalikda respublika bo‘ylab 30dan ortiq vazirlik va davlat idoralarida axborot xavfsizligi holatlari o‘rganildi. O‘rganishlar natijalari yuzasidan axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tavsiya-lar ishlab chiqilib, taqdim qilingan. Bundan tashqari, 6ta davlat idorasida axborot xavfsizligi talablariga muvofiq axborot tizimlari ekspertizadan o‘tkazildi va bir nechta tashkilot Markazga ekspertiza o‘tkazib berish so‘rovi bilan murojaat yo‘llagan.

Xalqaro hamkorlik:
Ma’lumki, bugungi kunda axborot xavfsizligiga tahdidlar chegara bilmaydi va bu esa o‘z navbatida, bu jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun o‘zaro xalqaro hamkorlikni talab qiladi. Shu sababli Markaz sohadagi xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik bo‘yicha faol ishlar olib bormoqda. Jumladan, Koreya Internet va xavfsizlik agentligi (KISA), Kiber tahdidlarga qarshi ko‘ptomonlama hamkorlik tashkiloti (IMPACT) va bir qancha davlatlardagi kompyuter hodisalariga qarshi chora ko‘rish guruhlari (CERT) bilan hamkorlik o‘rnatmoqda. 2014-yil 16-iyunda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi hamda Koreya Respublikasining Internet va xavfsizlik bo‘yicha agentligi (KISA) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi va mazkur hujjat asosida Markazning 15 nafar xodimi Koreya Respublikasida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu davlatda bo‘lib qaytdilar. Bundan tashqari, Markazning Singapur, Hindiston va Qozog‘istondagi axborot xavfsizligi sohasidagi tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik hujjatlari imzolanishi kutilmoqda.

cif_26_12_2014_2

Bundan tashqari, Markaz xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga qaratilgan bir nechta tadbirlar tashkil qilindi. Jumladan, joriy yilning 22-aprel kuni Markaz xodimlari uchun Prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida ko‘tarilgan masalalar mavzusida, 27-iyun kuni «Ommaviy madaniyat — millat kushandasi» mavzusida, 27-avgust kuni «Mustaqillik — eng aziz ne’mat», 21-oktabrda «Til — millat ko‘zgusi», 3-dekabrda «Konstitutsiya — demokratik davlat asosi» mavzusida seminarlar o‘tkazildi. Xodimlar o‘rtasida iyul oyida tennis, dekabrda shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi va g‘oliblarga sovrinlar berildi. Mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan sohaga qo‘shgan munosib hissasi uchun Markazning ikki nafar xodimi Qo‘mita raisining 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Kelajakdagi rejalar:

  • Respublika qonun hujjatlarida Markazga yuklatilgan vazifalarni to‘laqonli amalga oshirib borish;
  • xorijiy tashkilotlar bilan axborot xavfsizligini ta’minlashga doir xalqaro hamkorlikni kuchaytirish;
  • davlat idoralari va tashkilotlarining axborot tizimlarini ekspertizadan o‘tkazishda foydalanish uchun maxsus laboratoriya tashkil etish va o‘rnatilgan tartibda faoliyatini olib borishdan iborat.
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq