Matbuot anjumanida mamlakatimizda keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish rivoji muhokama qilindi
26.12.2014
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

uz_26_12_2014

25 dekabr kuni poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoqlarida keng polosali ulanish xizmatlarini ko‘rsatishga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, “O‘zbektelekom” AK hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

uz_26_12_2014_1

Qayd etilganidek, mamlakatimizda telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlar va aloqa infrastrukturasini rivojlantirishning hozirgi bosqichida simli va kengpolosali ulanishli mobil aloqasi tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatish kommutatsiya markazlari hamda ovozli trafikni kengaytirish yo‘li bilan magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash va kengaytirish, shuningdek, multimediyali xizmatlar infrastrukturasini yaratish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 2014-yil boshiga nisbatan 151,3 foizga o‘sib, 15,5 Gbit /s.ni tashkil etmoqda. Xalqaro paketli kommutatsiyalar markaziga ulangan Internet tarmog‘i operator va provayderlari tariflari 2014-yil boshiga nisbatan 1 Mbit/s. uchun 276,27 AQSH dollarigacha, ya’ni 11,6 foizga pasaydi.

«Buzatau-Qo‘ng‘irod», «G‘uzor-Boysun», «Denav-Uzun-Shargun», «Jaslik-Qoraqalpog‘ston», «Mo‘ynoq–Qibla Ustyurt», «Uzun –Tojikiston chegarasi» hududlarida videotelefoniya, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi Internet, HDTV-kanallarining namoyishi va boshqa konvergent xizmatlarni taqdim etuvchi, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha kengpolosali ulanishga mo‘ljallangan 2000 km optik-tolali aloqa liniyalarining qurilishi amalga oshirildi. Internet tarmog‘iga qayd etilgan keng polosali ulanish xizmatini ko‘rsatish uchun o‘rnatilgan portlar soni 640 mingtaga yetkazildi, foydalanishdagi portlar soni 135,1 foizga o‘sgan.

uz_26_12_2014_2

Matbuot anjumanida aytilganidek, so‘nggi avlod texnologiyalari asosida mahalliy telefon tarmog‘ini asta modernizatsiyalash ishlari olib borilmoqda. Joriy yil mobaynida respublika bo‘yicha 26ta zamonaviy kommutatsiya uskunalari foydalanishga topshirildi, bu esa telefon raqamlari sig‘imini sezilarli darajada oshirdi.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash investitsiya loyihasini Xitoy Davlat taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq umumiy summasi 117,6 mln. AQSH dollar miqdorida, jumladan, Xitoy (XXR) rivojlanish Davlat banki tomonidan 100,0 mln. AQSH dollari miqdorida ajratilgan kredit mablag‘lari hisobiga telekommunikatsiya infrastrukturasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalarda ma’lumotlarni uzatish magistral tarmoqlari o‘tkazish qobiliyatini kengaytirishni: xalqaro yo‘nalish bo‘yicha —10 martaga (100 Gbit/s.gacha), viloyat markazlarida — 4 martа (40 Gbit/s.gacha) hamda tuman markazlarida — 10 martaga (10Gbit/s.gacha) oshirishni maqsad qilingan.

Foydalanuvchi talablariga tezkor javob berish maqsadida, shuningdek, davlat va xo‘jalik subyektlari ehtiyojlari uchun axborot-kommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha mamlakatimiz barcha mintaqalarida «O‘zbektelekom» AK chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish Yagona markazini joriy etish loyihasi doirasida, 13 ta koll-markaz tashkil etiladi. Mazkur choralar ko‘rsatilayotgan telefon va internet-xizmatlarining yanada yuqori darajada sifatini ko‘tarishga xizmat qiladi. Abonentlarga qulaylik yaratish uchun 2014-yil 1 dekabrdan mamlakatimiz bo‘yicha «Call-centre» xizmatining “1084” – yagona raqami kiritildi.

Matbuot anjumanida keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda erishilgan natijalar tahlili xususida taqdimotlar qilinib, muhokama hamda o‘zaro savol-javoblar mobaynida jamoatchilikka istiqboldagi rejalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq