“Beeline” simli Internet abonentlarini Yangi yil bilan tabriklaydi va 2015 Mb hadya qiladi
26.12.2014
Rukn: Internet, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Buzton” QK) simli Internet abonentlari uchun yangi yil aksiyasini o‘tkazmoqda. 2015 yilning 10 yanvariga qadar FTTB yoki ADSL texnologiyasi bo‘yicha “Beeline”ning simli Internetiga ulangan har bir mijoz 2015 Mb sovg‘a tarzida qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari 1 yanvardan 10 yanvargacha simli Internetning barcha faol abonentlari huddi shunday sovg‘aga ega bo‘ladilar.

Voqeani sharhlar ekan, “Buzton” QK Bosh direktori Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Biz yangi yil sovg‘alari an’anasini yangilashdan mamnunmiz, va yanvar oyini bonuslar bilan boshlagan holda, kelgusi yilda abonentlarimizni yanada xursand qilishga umid qilaman. Xabarim bor, mijozlarimiz bizdan yaxshi yangiliklarni kutishmoqda, ishonamanki kompaniya Yangi yilda ularning ishonchini oqlaydi”.

Yangi yil bonusining amal qilish muddati – 2015 yilning 31 yanvargacha davom etadi. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq