“Beeline” 3G-moslamalari haridorlariga bonusli internet aksiyasini yarim yilga uzaytirmoqda
26.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” sentyabr oyida boshlangan aksiya 2015 yilning 31 martiga qadar davom etishini xabar bermoqda. Uning shartlariga ko‘ra, 3G smartfon va planshet harid qilgan va moslama sotilgan savdo nuqtasida to‘ldirilgan muhrli kafolat taloniga ega har bir haridor 6 oy davomida internet bonuslarni qo‘lga kirita oladi.

Innovatsion texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ushbu aksiya doirasida istalgan ishlab chiqaruvchilarning 3G-devayslarining haridorlariga yarim yil mobaynida 100 Mb internet taqdim etiladi. “Samsung” kompaniyasining 3G-moslamasini harid qilganlarga esa birinchi oy 300 Mb, qolgan 5 oy davomida esa 150 Mb internet taqdim etiladi.

Moslamani harid qilayotganda sotuvchi to‘ldirilgan muhrli kafolat cheki va harid uchun chekni taqdim qilishi darkor. Aynan shu xujjatlar Toshkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Sirdaryo, Samarqand, Termiz, Urganch va Farg‘ona shaharlarining yirik savdo markazlarida joylashgan promo-nuqtalarda maxsus kafolatli “Beeline”-kuponini qo‘lga kiritishga yordam beradi.

2015 yilning 15 aprelga qadar “Beeline”-kuponlari orqali kompaniyaning rasmiy ofislarida mavjud yoki yangi raqamga internet-bonuslarni qo‘lga kiritishlari mumkin.

Tafsilotlar, shuningdek savdo nuqtalari va ofislarning manzillari www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq