Soliq to‘lovchilarga imkoniyatlar
25.12.2014
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga shart-sharoit yaratish, faoliyatini rag‘batlantirish borasida keng qamrovli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan bu borada tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish maqsadida bir qator interaktiv davlat xizmatlarini joriy etgan. Jumladan, davlat soliq xizmati organlariga hisobotlarni elektron ko‘rinishda yuborish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan alohida ahamiyat kasb etmoqda. E’tirof etish joizki, mazkur interaktiv davlat xizmatidan foydalanuvchilar ko‘nikmasini oshirish, xususan, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarning mas’ul xodimlarini o‘qitishga alohida e’tibor qaratilib, barcha tuman, shahar davlat soliq inspeksiyalarida doimiy ravishda o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etilgan. (O‘quv-mashg‘ulotlarining o‘tkazilish vaqti haqidagi to‘liq ma’lumotni Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy www.soliq.uz sayti orqali olish mumkin)

Hozirgi kunga kelib barcha soliq to‘lovchilar tomonidan soliq va moliyaviy hisobotlarni to‘liq elektron ko‘rinishda taqdim etilishiga erishildi. Soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich interaktiv formatiga o‘tkazish va ularni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiyalash chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Unga asosan 2014 yil boshidan «Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish», «Tashqi iqtisodiy faoliyat olib boruvchi O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining rezidentligi (doimiy joyi) haqida rasmiy tasdiqlash», «Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlash uchun tadbirkorlik subyektlaridan elektron ariza berish» interaktiv davlat xizmatlari joriy etildi.

Shuningdek, soliq to‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida mobil aloqa orqali foydalanadigan «Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning soliq qarzdorliklari haqida SMS-axborot berish», «STIR haqida SMS-axborot berish» kabi yana ikki turdagi interaktiv xizmatlar yaratilgan. Ushbu xizmatlarni taqdim etish maqsadida 1077-son qisqa raqam ijaraga olingan va respublikaning barcha uyali aloqa operatorlari bilan ushbu raqam orqali SMS xizmatlarini soliq to‘lovchilarga ko‘rsatish bo‘yicha bitimlar tuzilgan. Hozirda ushbu qisqa raqamdan mobil aloqa orqali «Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning soliq qarzdorliklari haqida SMS-axborot berish», «STIR haqida SMS-axborot berish» interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Soliq qonunchiligiga rioya etish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, soliq to‘lovchilarga o‘z majburiyatlarini bajarishda yordam ko‘rsatish, ularga axborot-maslahat xizmat turlarini kengaytirish sohasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Normativ hujjatlar», «Soliq organlarining rasmiy tushuntirishlari», «Soliq nizolarini ko‘rib chiqish», «Ko‘p uchraydigan savollar», «Jismoniy shaxslar soliqlari bo‘yicha maslahatchi», «Imtiyozlar ma’lumotnomasi» va «O‘z biznesingni yarat» kabi interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Darhaqiqat, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan sohaga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, soliq to‘lovchilarga imkoniyatlar yaratish borasidagi sa’y-harakatlar mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

O.NABIYEV,
Davlat soliq qo‘mitasi Yuridik shaxslarga soliq solish
bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq