“Beeline” “Lotte Сity Tashkent Palace” bilan birgalikda Yangi yil tanlovi natijalarini sarhisob qilmoqdalar
24.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Lotte Сity Tashkent Palace” bilan birgalikda Facebook‘dagi “Beeline Uzbekistan” sahifasida “Yangi yil oqshomi” nomli tanlov natijalarini sarhisob qilmoqdalar. «Zuhra Mahmudova» niki ostidagi g‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlandi, va u “Lotte Сity Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan tadbirga 4 kishilik taklifnomani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, tanlov 16 dekabrdan 23 dekabrga qadar davom etgan edi. Tanlovda ishtirok etish uchun “Beeline Uzbekistan” sahifasiga a’zo bo‘lish (“Like” bosish), tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida yangi yil oqshomiga ishtirokchi bilan birga tashrif buyuradigan uch kishining ismlarini @ belgisi orqali belgilab sharh qoldirish lozim edi. Har bir ishtirokchi faqat bir dona sharh qoldirishi mumkin edi.
Natijalarning skrinshoti https://www.facebook.com/beeline.uz sahifasida chop etildi.
Manba: kompaniya press-relizi