“Beeline” imtiyoz kartalarining amal qilish muddatini 2015 yilning so‘ngiga qadar uzaytiradi
24.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Beeline Club” (“Gold” va “Platinum”) imtizoy kartalarining amal qilish muddati keyingi yilning so‘ngiga qadar uzaytirilgani haqida xabar beradi. “Beeline Club” innovatsion loyihasining “Gold” va “Platinum” imtiyoz kartalari bo‘yicha bugungi kunda butun O‘zbekiston bo‘ylab 350 dan ziyod hamkorlarni taqdim etadi.

“Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov: “Bizning imtiyoz kartalarimizning amal qilish muddati yana bir yilga uzaytirilgani haqidagi yaxshi xabar bilan bo‘lishishdan mamnunmiz. “Beeline Club”ning diskont dasturi ishtirokchilar va hamkorlar orasida juda ommabop, va bu xizmatlarimiz diapazonini yanada kengaytirishga rag‘batlantiradi. “Gold” va “Platinum”ning yorqin avzalliklaridan biri shundaki, faqat bir plastik karta Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlaridagi yuzlab joylarda chegirmalarni kafolatlaydi. Shunday qilib, abonentlar nafaqat ishonchli aloqa, balki mamlakatning ommabop maskanlarida turli imtiyozlarni qo‘lga kiritadilar”.

Eslatib o‘tamiz, *777# raqami orqali bepul xizmatni yoqib va “Beeline club” ishtirokchisiga aylanib, abonentlar operator xizmatlaridan foydalangan holda ballarni to‘plashlari mumkin. Kelgusida esa mazkur ballarni poytaxt va O‘zbekistonning boshqa shaxarlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalarida kafolatli chegirmalarni taqdim qiluvchi Gold (1500 ball) va Platinum (3000 ball) imtiyoz kartalariga almashtirishlari mumkin.

Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq