“Beeline” abonentlar uchun Fransiyada CAMEL-roumingni kengaytirmoqda
23.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” halqaro ovozli rouming geografiyasi muvaffaqiyatli kengaygani haqida xabar beradi. 18 dekabrdan CAMEL-rouming xizmati Fransiyadagi SFR hamkorlik tarmog‘ida amal qilmoqda.

“Parij, yoki Fransiyaning boshqa shahariga ish bo‘yicha, yoki yangi yil safariga otlanar ekan, “Beeline” mijozlari balanslarida minimal mablag‘qolganida ham aloqada qolishlari mumkin, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati direktori Oraz Abdurazakov. – Dunyo bo‘ylab sayohat chog‘ida abonentlarimizni ishonchli aloqa bilan ta’minlay olishimiz biz uchun muhim, innovatsion texnologiyalar esa rouming xizmatlarini yanada qulaylashtiradi”.

«Beeline» 2010 yildan beri O’zbekistonda birinchi raqamli rouming-operator hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek CAMEL-rouming (96 ta mamlakatda 203 ta operator) segmentida ham yetakchilik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Beeline” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi. CAMEL-rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar — jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq