T-Band «aqlli» bilak tasma oddiy soatni smart-soatga aylantiradi
20.12.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

band_20_12_2014

Kairos «aqlli» mexanik soat ishlab chiqaruvchi korxona vakillari T-Band — bilaktasmasini taqdim etdilar, mazkur T-Band «aqlli» bilaktasma oddiy soatni smart-soatga aylantirish imkonini beradi. Bilaktasma uchta — displeysiz, monoxrom displeyli va Plastic OLED-displeyi kabi variantda taqdim etilgan.

T-Band smart-soat ko‘plab funksiyalarga ega. U akselerometr, giroskop, kompask datchik, shuningdek, pulsometr bilan jihozlangan. T-Band ND (No Display) displeysiz modeli sevimli odatiy soatni sezilarli o‘zgarishlarsiz „aqlli“ga aylantiradi. Ekrani mavjud emasligi evaziga akkumulyatorining bir marta zaryadlanishi bir hafta ish faoliyatiga yetadi. Vibratsiyasi va/yoki turli rangli LED-indikatori evaziga uning egasi kiruvchi qo‘ng‘iroq hamda xabarlar haqida ma’lumot oladi. Galvanik datchiklari yordamida qo‘l terisining harorati va terlash xususiyatlarini o‘lchaydi. Ma’lumotlar smartfonga jo‘natiladi va ularni ilovalar yordamida ko‘rish mumkin.

Manba: www.onegadget.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq