Swiftpoint GT — sichqoncha sifatidagi buyum
20.12.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Swiftpoint kompaniyasi shu kunlarda an’anaviy shichqoncha o‘rnini bosuvchi, qo‘shimcha funksionallikka ega — Swiftpoint GT qurilmasini chiqarish uchun mablag‘ jamlamoqda. Mablag‘ jamlash bo‘yicha kampaniya 8-dekabr kuni yakunlandi, Swiftpoint GT’ga kiritilgan: dastlabki bahosi $25 000 bo‘lib, allaqachon $130 000 jamlangan.
Swiftpoint GT ishlanmasi mualliflari fikriga ko‘ra — tabiiy ishoralarni o‘zida jamlay olgan dastlabki qurilma sensorli ekranga taalluqli bo‘lib, kompyuter sichqonchasini aniq va qulay tarzda ifodalaydi. Qurilma kompyuter bilan moslashtirilib, Windows 7, 8 va 10, Mac OS X hamda Android boshqaruvida ishlaydi.
Ishlab chiqaruvchilar fikriga ko‘ra, kichik o‘lchami qulay shakli Swiftpoint GT manipulyatorini foydalanuvchilarning keng doirasiga moslashtirgan. Qurilmaning yengilligi va qulayligi: 56 x 40 x 33 mm o‘lchami hamda 24 g. og‘irligi hisobiga mobil kompyuterlariga muvofiq keladi. Kompyuterga Bluetooth 4 yoki xususiy USB interfeysi yordamida ulanadi. Swiftpoint GT kiritilgan akkumulyator vositasida ishlaydi. Quvvat olmasdan, ikki hafta ishlashni ta’minlaydi, USB portidan quvvat olishi uchun esa bir soat yetarli bo‘ladi. Manipulyatorga ega bo‘lish uchun loyiha hisobiga $93 kiritish zarur.
Manba: www.swiftpoint.com