Fudjisava «barqaror rivojlanuvchi aqlli shahar» qurila boshlandi
20.12.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

fud_20_12_2014

Aqlli qurilma chiqarilishi haqidagi yangilik — ishlab chiqaruvchilar diqqatini faqat individual yechimlar, alohida insonlar uchun barcha narsani «aqlli»lashtirishga qaratmoqdalar degan taassurotni qoldiradi. Bundan tashqari, Tokioga yaqin joylashgan Kanagava yapon prefekturasida yaqin kunlarda aqlli shaharning rasmiy ochilishiga bag‘ishlangan marosimi bo‘lib o‘tdi. Gap Fudjisava «barqaror rivojlanuvchi aqlli shahar» (Sustainable Smart Town) ustida bormoqda, uning qurilishi 2010-yilda boshlangandi. Loyihani amalga oshirishda Panasonic kompaniyasi rahbarligidagi Fujisawa SST Council konsortsiumi shug‘ullandi. Ochilish marosimi rasman Fudjisava markaziy obyekti Fujisawa SST Square majmuasining foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlandi.

Shaharning markaziy maydonida joylashgan majmua go‘yo fantastik asar sahifalaridan tushib qolganga o‘xshaydi va shahar infrastrukturasining barcha obyektlarini boshqarish uchun xizmat qiladi. Bu yerda Fujisawa SST Management Company kompaniyasi ofisi joylashtirilgan bo‘lib, u energiya ta’minoti, xavfsizlik, transport, sog‘liqni saqlash va hayotning ijtimoiy jihatlariga javob beradi. Bundan tashqari, majmua shahar aholisi bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish va muloqot uchun asosiy maskan bo‘ladi. Keyinchalik Fujisawa SST Squareda Shonan T-SITE madaniyat majmuasi ham ishga tushadi.

Shahar mualliflari fikriga ko‘ra, aholining to‘liq farovon hayotlarini ta’minlash uchun amal qiluvchi, taxminan 1000ta uyga mo‘ljallangan shaharni 100 yil mobaynida rivojlantirish mumkin. “Aqlli shahar”ning qurilishida asosiy e’tibor atrof-muhitga do‘stona munosabatda bo‘lishga muvogiq texnologiyalarga qaratilgan. Bu energiya ta’minotlarining yangilanib turishi, suv sarfini va uglekislota gazining chiqarilishini kamaytirish bilan ifodalanadi. Shahar bo‘ylab harakatlanishda elektr-transportdan foydalaniladi. Ma’lumot uchun: loyiha bahosi yarim milliard dollarga teng.

Manba: www.panasonic.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq