eBay kompaniyasi «Aqlli do‘kon»ni ishga tushirdi
20.12.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

Keyingi yillarda eBay qiyin vaziyatlarni o‘tkazmoqda: kompaniya turli salbiy holatlarga duch keldi va alohida korxonalar uchun PayPal ajralib chiqishini e’lon qildi (investorlar Bay to‘lov tizimi rivoji sifatidagi faoliyati evaziga amal qilmoqda, deb hisoblaydilar). Shunday bo‘lsada, kompaniya barqaror va daromadli o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyon etmoqda va buning evaziga o‘z biznesini qayta qurib, yangi yondashuvlarni testdan o‘t-kazmoqda.

eBay’ning keyingi vaqtdagi qiziqarli tashabbuslari — Nyu-York hamda San-Fransiskoda dizayner-modeler Rebekka Minkoff (Rebecca Minkoff) bilan hamkorlikda ikki kichik ulgurji do‘konni ishda tushurdi. Gap shunchaki, oddiy oflayn-do‘kon haqida emas, balki «Aqlli do‘kon» ustida bormoqda.

Xaridorlarni bir vaqtning o‘ziga sensorli displey vazifasini bajaruvchi katta oynalar qarshi oladi. Bu yerda oddiy do‘konlardagi kabi peshtaxtalar oldidan o‘tib, zarur mahsulotlarni tanlab olish mumkin yoki mazkur sensorli displey yordamida zarur mahsulotlarni tanlab olish ham mumkin. O‘lchab ko‘rish — zarur bo‘ladigan liboslarni xarid qilishda ko‘plab liboslarni kiyib, yechib, o‘lchab ko‘rishning aslo hojati yo‘q, xaridor zarur «sehrli oyna»da mahsulotga buyurtma bersa bo‘lgani, libos o‘lchab ko‘rish uchun tayyor bo‘lganida telefonga matnli xabar kelib tushadi. Kutish vaqtida biror ichimlikka buyurtma berish mumkin.

Yangilik ana shundan iborat. Liboslarni kiyib, o‘lchab ko‘rish xonasida ham shunday oyna qo‘yilgan, u ham ko‘zgu, ham sensorli ekran vazifasini bajaradi. Foydalanuvchi libos yoki taqinchoq turli vaziyatlarda qanday ko‘rinishini bilish uchun oynaga tushayotgan yorug‘likni o‘ziga moslashtirishi mumkin. Agar libos xaridor ko‘ngliga mos tushsa, biroq boshqa rangini tanlashni xohlasa, uni do‘konga qaytarish yoki sotuvchini ovora qilishning hojati yo‘q. Barcha mahsulot RFID-belgilari ilovasida berilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda boshqa ranglari mavjud yoki yo‘qligini darhol ma’lum qila oladi.

Sensorli tugmani bosish bilan do‘kon xodimini chaqirish, zarur mahsulotni kerakli rang va o‘lchamida olib kelishini talab qilish mumkin.

RFID-belgi tanlab olingan libosga mos taqinchoqlar haqida tavsiyalar ham bera oladi. Xaridor liboslarni kiyib, o‘lchab ko‘rib, ovora bo‘lmasligi uchun uning barcha tanlovlari — shaxsiy ma’lumotlarida saqlanadi. Natijada, masalan, keyingi safar tanlab olingan mahsulotni onlayn-do‘kon orqali xarid qilish mumkin. Albatta, mazkur axborot shaxsiylashtirilgan tavsiyalarda ham foydalanilishi mumkin. Tanlab olingan mahsulotni sotib olishga qaror qilingach unga to‘lovni PayPal yordamida amalga oshirish mumkin.

Mamlakat Racked nashri jurnalistlari eBay «aqlli do‘kon» ochilishi oldidan o‘zlaricha mazkur yangiliklarga unchalik ishonqiramagandilar. San-Fransiskodagi do‘kon bilan tanishib, o‘z fikrlarini o‘zgartirdilar va yaxshi taassurotlar olib, yangiliklarni bayon etdilar. Bunday do‘konlarni ulgurji savdoning kelajagi deb atash mumkin, biroq bu yerda gap oddiy xaridorga mo‘ljallangan savdoga novatorlik yondashuvlari ustida bormoqda. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, eBay texnologiyasi yaqinda yanada keng tarqalishi mumkin (hozircha faqat ikki butik do‘konlari mavjud) — ulgurji savdo bilan yetakchi Nordstrom kompaniyasi allaqachon mazkur novatorlik yondashuvlarini testdan o‘tkazmoqda.

Manba: www.3Dnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq