ASUS o‘yin Strix 7.1 premium-naushniklari haqida ma’lum qildi
20.12.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

asus_20_12_2014

ASUSTeK Computer kompaniyasi bozorga o‘yin Strix 7.1. naushniklarini taqdim etilishini rasman ma’lum qildi. Yangilik sifatli 7.1-kanalli hajmda tovush taratish imkoniyati evaziga o‘nta magnitli dinamika bilan ta’minlaydi.

ASUS Strix 7.1 modeli dizayni (tashqi tomondan u ham olov rangli hamda alohida USB Audio Station boshqaruv moduliga ega) Strix DSP’dan o‘zlashtirilgan. Haqiqatan, agar Strix DSP’da bir katta 60 mm.li dinamikasi bo‘lsa, Strix 7.1da esa bir g‘ldirak halqasida beshta (40 mm frontal, 40 mm sabvufer, 30 mm markaziy va ikki 20 mm) dinamikasi mavjud.

asus_20_12_2014_1

USB Audio Station kuchaytirgichidan tashqi muhit shovqinini (90 foizgacha) yutishda foydalaniladi va turli o‘yinlar uchun tanlash mumkin bo‘lgan to‘rtta ko‘rinishga ega. Ular mustahkam charm bilan himoyalangan, juda yumshoq, samarali, xotiraga ega qoplama bilan qoplangan. Naushnik dizayni shunday ishlanganki, olib yurishda juda qulay. Bundan tashqari, mikrofonni umuman olib tashlash mumkin (axir ish ko‘pligida musiqa tinglashning hojati bo‘lmaydi-ku).

Naushniklar texnik ko‘rsatkichlaridan: 32 Om impedans, 20 Gts dan 20 kGtsgacha chastotali diapazoni, mikrofoni sezgirligi — 40 dBga tengligini alohida ta’kidlash mumkin. Afsuski, yangilikning do‘konga chiqarilish vaqti va bahosi ma’lum emas.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq