Aqlli tova — oshxonada yangi yordamchi
20.12.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

aq_20_12_2014

Keyingi yillarda «aqlli uy», «aqlli changyutgich», «aqlli soat», «aqlli ko‘zoynaklar» kabi «aqlli» buyumlar qatorida nimalarni o‘ylab topmadilar, dersiz. Bu holat hatto «aqlli» idish-tovoqlargacha borib yetdi.

Oshpaz — Umberto Evans bir qator taomlarni xohlagan vaqtda tayyorlay oladigan Pantelligent — «aqlli tova»sini yaratdi. Albatta, tova inson ovozi bilan gapirmaydi (bunda umuman dangasa bo‘lib qolish mumkin), biroq tovushli ma’lumot beradigan maxsus AppStore-ilovasi ham mavjud.

Tovada harorat datchigi o‘rnatilgan. Bluetooth yordamidagi ilova harorat haqida ma’lumot oladi va oshpazga tayyorlanayotgan taomdan xabar olish, unga boshqa mahsulotlar qo‘shish yoki aralashtirish zarurligi haqida axborot beradi.

Bunda hammasi oddiy: ro‘yxatda mavjud bo‘lgan taom qatorini tanlash va yo‘riqnomaga asosan masalliqlarni tayyorlash zarur. Keyin menyudan «Pishirishni boshlash» buyrug‘ini tanlab, tovani (hozircha tova mustaqil qiziydigan texnologiyaga ega emasligi uchun) olovga qo‘yish zarur. Shundan keyin esa faqatgina kiritilgan ilova yo‘riqnomasiga ko‘ra ish tutish zarur (qiziq, hamma narsani ham qovurish mumkinmikan?).

Taomni to‘g‘ri pishirishda asosiysi — haroratni kuzatish va har bir mahsulot uchun aniq belgilangan vaqtga e’tibor qaratish zarur.

Zarur rejimga rioya qilishda ma’lumot beruvchi va navbatdagi amalni eslatib turuvchi jadval yordam beradi hamda ma’lumotlarni ko‘rsatib turuvchi harorat datchigi o‘rnatilgan. Agar zarur bo‘lsa, plitadan 50 metrlar uzoqlikdagi (GPS aqlli tova taom tayyorlaguni, aqlli changyutgich xonalarni tozalaguniga qadar bog‘da sayr etish) boshqa yumushlar bilan shug‘ullanish mumkin. Bluetooth yordamidagi ilova harorat haqida ma’lumot oladi va oshpazga tayyorlanayotgan taomdan xabar olish, unga boshqa mahsulotlar qo‘shish yoki aralashtirish zarurligi haqida axborot beradi.

Taomni to‘g‘ri pishirishda asosiysi — haroratni kuzatish va har bir mahsulot uchun aniq belgilangan vaqtga e’tibor qaratish zarur. Ma’lumotlarni o‘qib o‘tirishning hojati yo‘q, sababi ularni nutqqa aylantirish funksiyasi ham mavjud. Shuningdek, yangi taomnomani kiritish funksiyasi ham bor.

Oshxona uchun mazkur mo‘jizani 2015-yil kuz fasliga yaqin taxminan $ 250ga xarid qilib olish mumkin. Hozircha devays yaratuvchisi Kickstarter saytida boshlang‘ich ishlab chiqarish uchun mablag‘ jamlamoqda. Bunda maqsadidagi ishni tezlashtirish varianti sifatida: IPad Air 2ni oltin korpusda sotib olganlarga — Pantelligent «aqlli tovasi» sovg‘a qilinadi — kabi aksiya e’lon qilib, ishlab chiqarishni jadallashtirishi mumkin bo‘lardi. O‘z reytingini ko‘tarmoqchi bo‘lganlarga tova yaxshi bahona bo‘lardi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq