Viloyatda AKT va interaktiv xizmatlar rivoji
19.12.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Qoshnazar Xayitbayev.

vil_19_12_2014

Bugungi kunda Respublikamizda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalarining kirib borishiga qulaylik yaratish, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, yurtimiz aholisining axborotga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qondirish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, qabul qilingan bir qator normativ hujjatlarining bajarilishini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyatida bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Viloyat hokimi tomonidan Xorazm viloyatida AKT’ni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2014-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar manzilli ro‘yxati hamda Xorazm viloyatida Interaktiv xizmatlarini veb-saytlar orqali joriy qilish va rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Mazkur manzilli loyiha, dastur hamda tegishli chora-tadbirlarga muvofiq 2014-yilda viloyatda «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» OAJ, «Xorazm dori-darmon» sho‘ba korxonasi, Xorazm viloyati veterinariya boshqarmasi, Xorazm viloyati statistika boshqarmasi, «Urganch yog‘-moy» OAJ, «Xorazmpaxtasanoat» hududiy birlashmasi, «Shimolgazta’minot» UK Xorazm viloyati boshqarmalarining internet tarmog‘ida rasmiy veb-sayti tashkil etildi.

Bugungi kunda viloyat hokimligining (www.xorazm.uz) veb-sayti tashkil etilgan bo‘lib, unda aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga 12 turdagi interaktiv davlat xizmatlari ko‘rstilmoqda. Xorazm viloyatida interaktiv xizmatlarni veb-saytlar orqali joriy qilish va rivojlantirish dasturiga asosan 9ta qo‘shimcha interaktiv xizmat viloyat hokimligining veb-saytida joriy etildi. Bundan tashqari, viloyat kompyuterlashtirish markazi tomonidan quyidagi:

vil_19_12_2014_1

• «VILOYAT TA‘LIM PORTALI» — Rahbar, o‘qituvchi va ota-onalar uchun informatsion portal

vil_19_12_2014_2

• «KORPORATIV ELEKTRON MA‘LUMOTNOMA» — Elektron ma‘lumotlar banki tizimi

vil_19_12_2014_3

• «QURILISH MONITORINGI» — Qurilish elektron monitoring tizimi

vil_19_12_2014_4

• «CHORVA MONITORINGI» — Elektron monitoring tizimi

vil_19_12_2014_5

• «KHK MONITORINGI» — Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanganlik monitoringi

kabi axborot tizimlari yaratilib, turli sohalarga joriy etilmoqda.

Hоzirgi kunda Xorazm viloyatida davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimlik organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarining 30ga yaqin veb-saytlari mavjud bo‘lib, ushbu veb-saytlar orqali aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga interaktiv xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

2014-yilning 11–14 iyul kunlari viloyat hokimining topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi AATTDQ Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi hamda viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shma jadvalga asosan boshqarmalarning mas’ul xodimlari tomonidan barcha shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalarida tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Bugungi kunda viloyatning barcha shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalari tomonidan tadbirkorlik subyektlari Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda. Viloyatda bugungi kungacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali on-line tarzda 1181ta tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Xorazm viloyati Davlat soliq boshqarmasi, bojxona boshqarmasi va statistika bosh boshqarmasida bugungi kunda hisobotlarni taqdim etish va hujjatlar aylanishini elektron shakliga o‘tish ishlari barcha texnik va texnologik jarayonlar bajarilgan holda amalga oshirildi va olib borilmoqda. Xorazm viloyati bojxona boshqarmasida bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtiruvi «ASOD» yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali 100 foiz elektron tartibda rasmiylashtirilmoqda. Bojxona organlarida tatbiq etilgan yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi tarkibiga kiruvchi 20dan ortiq dasturlar orqali ichki idoraviy hujjatlar hamda banklar, soliq idoralari, O‘zbekiston temir yo‘llari AK, bojxona omborlari, sertifikatlash organlari bilan elektron tartibda hujjatlar rasmiylashtiruvi va hisobotlarni elektron shaklda aylanishi yo‘lga qo‘yilgan.

vil_19_12_2014_6

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan markazlashtirilgan tartibda tizimga joriy qilingan «GERMES» elektron hujjat aylanuv tizimi orqali DBQ, hududiy bojxona boshqarmalari va yuqori tashkilotlardan xat-hujjat aylanuvi va «E-hisobot» tizimi orqali hisobotlarni elektron taqdim qilish yo‘lga qo‘yilgan. Davlat statistika qo‘mitasi bilan viloyat boshqarmasi va tuman (shahar) statistika bo‘limlari orasida barcha xavfsizlik talab va me’yorlariga javob beradigan «O‘zbektelekom» AK «Biznesni rivojlantirish markazi» Internet provayderi tarmog‘i asosida himoyalangan yuqori tezlikdagi ma’lumot almashish korporativ (VPN) tarmog‘i ishlamoqda. Mavjud korporativ tarmoqda ma’lumotlar almashish elektron pochta yordamida tashkil etilgan. Internet tarmog‘i orqali elektron statistika hisobotlarini qabul qilish va ular bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Viloyat statistika boshqarmasida E-HUJJAT — elektron hujjat almashinuvi tizimi va E-XAT yagona himoyalangan elektron pochta tizimi o‘rnatilgan.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlar uchun Davlat soliq va Viloyat statistika boshqarmalari tomonidan hisobotlarni topshirish 100 foiz elektron ko‘rinishga o‘tkazilganligini aytib o‘tish mumkin. Mazkur ishlar muvofiqlashtirilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. «Elektron hukumat»ni joriy etish va uni keng ommaga tushintirish maqsadida, TATU filiali qoshida tashkil etilgan «Elektron hukumat» o‘quv markazi tomonidan bir qancha o‘quv kurslari tashkil etildi.

vil_19_12_2014_7

TATU Urganch filiali qoshidagi o‘quv markazi hukumatimiz rahbari tashabbusi bilan 2013-yilda o‘z faoliyatini boshladi. Ayni paytda, TATU Urganch filialida kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘qitish ishchi jamoa tuzilgan. Tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari va aholini «Kompyuter savodxonligi» bo‘yicha o‘qitish reja asosida viloyatning tumanlari kesimida hamda talab asosida respublikaning boshqa viloyatlarida tashkil etilmoqda (TATU Urganch filiali Navoiy viloyatida AKT’ga o‘qitish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi). «Elektron hukumat» o‘quv kursida 2013-yil 31-dekabr holatiga 200 nafardan ortiq viloyatning turli soha-korxonalari xodimlari tinglovchi sifatida ishtirok etdi. Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida viloyat Davlat soliq boshqarmasi, «O‘zdavneftgazinspeksiyasi» Xorazm va Navoiy viloyati hududiy bo‘limlari, Xorazm va Navoiy viloyatlarining 8ta turli tashkiloyatlari xodimlari, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi muassasalari tibbiyot xodimlari, tadbirkorlik subyektlaridan jami 247 nafar xodim 20 soatlik «Elektron hukumat» o‘quv kursida tahsil oldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2014-yil 27-martdagi 73-sonli qarori bo‘yicha viloyatning turli soha-korxona, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari uchun o‘quv kurslari tashkil qilindi, jumladan, joriy yilning 1-avgust holatiga Xorazm viloyati bo‘yicha:

  • viloyatning 45ta turli tashkilotlaridan jami 2164 tinglovchi uchun buyurtma kelib tushgan; shundan 715tasi 12 soatlik, 1295tasi 24 soatlik va 154tasi 36 soatlik kurslarga;
  • 36ta tashkilot bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolandi;
  • 20ta tashkilotdan 20 mln. so‘mga yaqin pul tushumlari kelib tushdi;
  • 20ta tashkilotdan jami 289 nafar xodim AKT kurslarida o‘qitildi va tegishli sertifikat bilan ta’minlandi. Xuddi shu ko‘rsatkich Navoiy viloyati bo‘yicha 300 nafarni tashkil etdi.

Umumiy 600 nafarga yaqin tinglovchilar turli darajadagi o‘quv kurslarda o‘qitildi; shulardan 300ga yaqini haqidagi ma’lumotlar akt.tuit.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazilib, yagona bazaga kiritildi va tegishli sertifikatlari yuklab olindi.

Hozirda viloyatda internet foydalanuvchilari quyidagicha:

  • Internet tarmog‘i abonentlari soni 344093;
  • Internet tarmog‘idan jamoaviy foydalanish shahobchalari (Internet kafelar) soni 25ta;
  • Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning Internet tarmog‘iga ulanish ko‘rsatgichlari:
  • Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari 84tani;
  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 1463tani tashkil etmoqda.

«O‘zbektelekom» AK Xorazm filiali
«O‘zbektelekom» AK Xorazm filialida 12ta yagona oyna savdo ofislari faoliyat ko‘rsatmoqda. FTTb loyihasi asosida xizmatlar ko‘rsatilayotgan ko‘p qavatli uylar 16ta bo‘lib, 96tadan ortiq xonadonga arzon va qulay narxlarda sifatli va yuqori tezlikdagi Internet va IPTV xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ Xorazm filiali
Bugungi kunda filialda 12ta shahar va tuman pochta aloqa tarmoqlari, 145 pochta aloqa bo‘limlari mavjud. Filialning barcha pochta aloqasi tarmoqlaridagi markaziy aloqa bo‘limlarida «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan modernizatsiyalashgan to‘lovlarni qabul qilish avtomatlashtirilgan «O‘zbekenergo» DAK billing tizimiga, «Pensiya to‘lovlari hisob-kitobi va nazorati avtomatlashtirilgan tizimi» dasturi esa Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan yaratilgan «Pensiya» dasturiga ulangan, shuningdek, «Ro‘yxatga olinuvchi pochta jo‘natmalari nazorati» dasturi bo‘yicha ish olib borilmoqda. 2014-yil ushbu dastur asosida Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi (BTPJ) bilan «O‘zbekiston pochtasi» AJ Xorazm filiali orasida elektron hujjat almashinuvi to‘liq yo‘lga qo‘yildi.

vil_19_12_2014_8

Viloyatda pochta aloqasi sohasining yangi xizmat turi, ya’ni Kurerlik xizmati joriy qilinib, korxona, tashkilotlarga xizmat ko‘rsatmoqda. 2008-yil 1-maydan boshlab xalqaro buyurtmali hamda qiymati e’lon qilingan xat-xabarlarni hamda posilkalarni yagona belgi shtrixkod bilan identifikatsiyalash ishlari boshlab yuborildi. O‘tgan yilda avtomatlashtirilgan to‘lovlarni qabul qilish tizimini takomillashtirish, pochta aloqa bo‘limlarini zamonaviy texnologiyalar bilan taminlagan holda real vaqt (onlayn) tizimi ishlatish uchun Jamiyat tomonidan 30ta kompyuter ajratilib, rejaga asosan pochta aloqa tarmoqlariga o‘rnatildi va korporativ tarmoqqa to‘liq ulanib, ishga tushirildi. Buning natijasida, aholiga ko‘rsatilayotgan elektron pul o‘tkazmalari o‘tgan yilga nisbatan 3 barobarga oshgan.

Raqamli TV qamrov doirasi
2011-yilning may oyida Urganch RTS’da Germaniya krediti «Kurt Mitterfelner» kompaniyasi loyihasi bo‘yicha «Rohde g Shwarz» zavodida ishlab chiqarilgan quvvati 2,3 kVt bo‘lgan raqamli formatdagi teleradiodasturlarni efirga uzatuvchi DTV (NV8604V) rusumli teleuzatgichi ishga tushirildi. Bu esa viloyat aholisining 87,4 foizi «Ijtimoiy» paketidagi 12ta raqamli teledasturlarni tomosha qilish imkoniyatini yaratdi. Raqamli uzatkich orqali efirga uzatilayotgan teledasturlarni nafaqat Xorazm viloyati aholisi, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlari aholisi ham tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

vil_19_12_2014_9

2013-yilning aprel oyida Urganch RTS’da o‘rnatilgan quvvati 2,3 kVt bo‘lgan «NV8604V» rusumli raqamli teleuzatgich orqali Viloyat teleradiokompaniyasinig mahalliy telekanali analog dasturlari raqamli telesignalga aylantirib, «Ijtimoiy» paketi tarkibda 2013-yilning 20-aprel kunidan boshlab efirga uzatila boshlandi. Shuningdek, Pitnak RTS’da 2013-yilning 22-aprel kuni Yaponiya davlatining NEC kompaniyasida ishlab chiqarilgan quvvati 30 Vt bo‘lgan DTL -10/R03PE rusumli raqamli teleuzatgichi ishga tushirildi. Bu bilan viloyatimiz aholisining 99,5 foizi Respublika televideniyesining «Ijtimoiy» paketidagi 12ta raqamli teledasturlarni tomosha qila boshladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq