“Beeline” Gongkongda rouming geografiyasini kengaytirmoqda
19.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” GPRS-roumingning navbatdagi kengayishi haqida xabar beradi. “China-mobile” (Gongkong) kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

“Dunyo bo‘ylab sayohat chog‘ida aloqada qolish mijozlarimiz uchun naqadar muhimligini tushunamiz, va “Beeline”ning innovatsion yetakchi maqomi mijozlarni butun dunyo bo‘ylab ishonchli qo‘llab-quvvatlagan holda chet elda, ayniqsa dunyoning yirik shaharlarida yanada kengayishga undaydi”, – voqeani sharhladi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov.

Eslatib o‘tamiz, «Beeline» 2010 yildan beri O’zbekistonda birinchi raqamli rouming-operator hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek GPRS-rouming (156 ta mamlakatda 335 ta operator) va 3G-rouming (142 ta mamlakatda 269 ta operator) segmentlarida ham yetakchilik qiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq