“Beeline” va “Darakchi Plus” “Zo‘r-Zo‘r Selfie” tanlovining o’ninchi hafta natijalarini sarhisob qilmoqda
18.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Darakchi Plus” haftalik gazetasi bilan birgalikda 2014 yilning 9 oktyabr kuni boshlangan Odnoklasniki.ru ijtimoiy tarmog‘idagi eng ommabop “Zo‘r-Zo‘r Selfie” tanlovining haftalik yakunlarini sarhisob qilmoqda. O’ninchi haftaning yetakchisi 7333ta ovoz to‘plagan “Jasur Qodirov”niki ostidagi ishtirokchi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Odnoklassniki.ru tarmog‘ida ro‘yhatdan o‘tib, “Beeline O‘zbekiston”ning rasmiy sahifasiga qo‘shilgan har bir foydalanuvchi tanlov ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Har payshanba kuni ishtirokchilar “Darakchi Plus” gazetasining yangi soni bilan bir dona noyob selfi qilishlari lozim. Har hafta selfi joylashtirgan, ayniqsa berilgan ovozlar bo‘yicha hafta mobaynida yetakchilik qilgan ishtirokchilar tanlovda g‘olib bo‘lish imkonini sezilarli darajada oshiradilar. Har bir haftaning natijalari o‘tgan hafta natijalariga qo‘shiladi. Hafta yetakchilarining rasmlari har hafta “Darakchi Plus”ning maxsus tanlov sahifasida nashr qilinadi.

2015 yilning 9 yanvar kuni ovoz berish yopiq deb e’lon qilinadi. Butun tanlov mobaynida eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb tan olinadi. Shuningdek, II o‘rinni egallagan ishtirokchi planshet, III o‘rin sovrindori esa smartfon egasiga aylanadilar.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq