Roman Barannikov – “Beeline”ning yangi moliya direktori
17.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Roman Barannikov moliya direktori etib tayinlangani haqida xabar beradi.

beeline_17_12_2014

“Unitel” MChJ Bosh direktori Aleksandr Vorobyov: ““Beeline” tarmog‘ini zamonaviylashtirish kelajakdagi samarali biznes-jarayonlarni qurishda yordam beradigan yirik puxta rejalashtirilgan sarmoyalarni talab qiladi. Ishonaman, Romanning ko’p yillik tajribasi va kasbiy bilimlari kompaniya va abonentlar manfaatlari uchun rivojlanishning innovatsion strategiyasini amalga oshiruvchi vazifalarni muvaffaqiyatli yechishga yordam beradi”.

“Men ochiq, ishonchli va tez rivojlanuvchi kompaniya barpo etilishida o‘z hissamni qo‘shish uchun katta shijoat bilan ish boshlamoqdaman”, – belgiladi Roman Barannikov.

Roman 1973 yilning 3 dekabr kuni tavallud topgan. N.E. Baumen nomidagi Moskva davlat texnik universitetini 1997 yili tamomlab birinchi oliy malumotini texnik sohasida olgan. Keyin esa u iqtisod va moliya sohasida o‘z o‘qishini davom ettirib 2003 yili Rossiya moliya-iqtisodiy sirtqi universitetida iqtisod fanlari nomzodi dissertatsiyasini yoqladi. 2009 yilda halqaro moliyaviy xisobot bo‘yicha ACCA dimlomini oldi.

Roman moliya sohasida 17 yildan ziyod tajribaga ega. O‘z mehnat faoliyatini bank sohasida boshlagan, so‘ngra “BDO Yunikon” yirik halqaro auditor va maslahatchi kompaniyalar uyushmasida faoliyat yuritgan.

2004 yilda o‘z karyerasini telekommunikatsion biznesda davom ettirishga qaror qilgan holda, Rossiyaning eng yirik aloqa operatorlaridan biri “Markaziy Telegraf” OAJ moliyaviy-analitik bo‘limlaridan biriga boshchilik qilgan. 2007 yilda eng yirik yo‘ldoshli operatorlardan biri “Orion Ekspress”da moliya direktori lavozimini egallagan. Romanning mas’uliyatlariga kompaniyaning barcha biznes jarayonlarini boshqarish va biznesning strategik rivojlanishida ishtirok etish kirgan.

2014 yilning 9 dekabr kuni Roman Barannikov O‘zbekistondagi “Beeline”ning moliya direksiyasiga boshchilik qildi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq