“Beeline” “Lotte Сity Tashkent Palace” bilan birgalikda Yangi yil tanlovini o‘tkazmoqdalar
16.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Lotte Сity Tashkent Palace” bilan birgalikda Facebook‘dagi “Beeline Uzbekistan” sahifasida “Yangi yil oqshomi” nomli tanlovni boshladilar. Tanlov 16 dekabrdan 23 dekabr kuniga qadar davom etadi. G‘olib “Lotte Сity Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan tadbirga 4 kishilik taklifnomani qo‘lga kiritadi.

beeline_16_12_2014

“Biz hamkorimiz “Lotte Сity Tashkent Palace” bilan birgalikda shunga o‘xshash tanlovlarni birinchi marotaba o‘tkazmayapmiz, va ushbu tanlovlar ijtimoiy tarmoqlarimiz foydalanuvchilarida katta qiziqish uyg‘otadi, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning matbuot kotibi Rezida Erdman. – Innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi va ishonchli uyali internet ushbu tanlovda mamlakatning istalgan nuqtasidan ishtirok etish imkonini beradi, eng asosiysi o‘z omadiga ishonish”.

Tanlovda ishtirok etish uchun “Beeline Uzbekistan” sahifasiga a’zo bo‘lish (“Like” bosish), tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida yangi yil oqshomiga ishtirokchi bilan birga tashrif buyuradigan uch kishining ismlarini @ belgisi orqali belgilab sharh qoldirish lozim. Har bir ishtirokchi faqat bir dona sharh qoldirishi mumkin.

G‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. Natijalarning skrinshoti https://www.facebook.com/beeline.uz sahifasida 24 dekabr chorshanba kuni chop etiladi.

Tafsilotlar: https://www.facebook.com/beeline.uz va https://www.facebook.com/LotteCityHotelTashkent.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq