“Beeline” abonentlar uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarida CAMEL-roumingni kengaytirmoqda
15.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” halqaro ovozli rouming geografiyasi muvaffaqiyatli kengaygani haqida xabar beradi. 4 dekabrdan CAMEL-rouming xizmati AQSh dagi T-Mobile hamkorlik tarmog‘ida amal qilmoqda.

“Endi abonentlarimizga Amerikada CAMEL-rouming xizmati mavjudligi haqida xabar berishdan mamnunmiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati direktori Oraz Abdurazakov. – Bu “Beeline” abonentlariga hisoblarida eng kam mablag‘ qolganida ham ishonchli aloqa bilan foydalana olishlariga yordam beradi, va eng qulayi innovatsiyalar yordamida zamonaviy devayslarda xizmat avtomatik tarzda yoqiladi”.

«Beeline» 2010 yildan beri O’zbekistonda birinchi raqamli rouming-operator hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek CAMEL-rouming (96 ta mamlakatda 203 ta operator) segmentida ham yetakchilik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Beeline” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi. CAMEL-rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar — jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq