Toshkent shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqining MDH davlatlari uchun hududiy seminari bo‘lib o‘tdi
12.12.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

cc_12_12_2014

Joriy yilning 11-12 dekabr kunlari Toshkent shahrida MDH davlatlari uchun “Biznes jarayonlarini reinjeniring qilish va davlat organlari va tadbirkorlik faoliyati samaradorligining muhim jihatlarini amalda tatbiq etish” mavzuida hududiy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Elektraloqa rivoji byurosi hamda Xalqaro elektraloqa ittifoqi hamkorligida tashkil etildi.

Seminarda MDH mamlakatlari aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasi mutaxassislari, vazirlik va idoralar vakillari, telekommunikatsiya operatorlari, sohaning ta’lim muassasalari vakillari, Xalqaro elektraloqa ittifoqining a’zolari ishtirok etdilar.

Seminarning maqsadi soha mutaxassislari va mas’ullarini biznes jarayonlarini reinjeniring qilish va davlat organlari va tadbirkorlik faoliyati samaradorligining muhim jihatlarini amalga tatbiq etishga oid xalqaro tajriba bilan tanishtirish va zarur takliflarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Seminar mobaynida strategik boshqaruv, tartibga soluvchi va me’yoriy baza, mijozlar bilan aloqani ta’minlash va boshqarishni tashkil qilish, sifatli xizmat ko‘rsatish va marketing boshqaruvning zamonaviy konsepsiyasi, boshqaruvning iqtisodiy dastagi va boshqa qator yo‘nalishlarda qilingan taqdimotlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir, shuningdek, videokonferens aloqa tarmog‘ida tashkil qilinib, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlaridagi soha mutaxassislari va muassasalarni hamda Xalqaro elektraloqa ittifoqining MDH davlatlaridagi hududiy boshqarmalari onlayn ishtirok etdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq