Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasining tanlovida to‘rtinchi kompyuter sohibi aniqlandi
12.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” 2 dekabrdan 12 dekabrgacha Facebook tarmog‘idagi Beeline Club sahifasi foydalanuvchilari uchun “6 kompyuterdan birini yutib ol!” deb nomlangan tanlovning natijalarini e’lon qiladi. Tanlov g‘olibi va to‘rtinchi kompyuter sohibi “Sherzod Alimov” niki ostidagi ishtirokchi bo‘ldi.

G‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlandi. Natijalarning skrinshoti https://www.facebook.com/beelineclub sahifasida chop etildi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirok etish uchun “Beeline Club” sahifasiga a’zo bo‘lish (“Like” bosish), tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida sharh tarzida “Beeline Club‘dan kompyuter yutib olishni istayman!” deb yozish lozim edi.

Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasi “Beeline” kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun “Beeline” xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga “Gold” kartasi, 3000 ball evaziga esa “Platinum” kartasini qo‘lga kiritish mumkin. “Status” tarif rejasi abonentlari avtomatik holda “Beeline Club” ishtirokchisiga aylanadilar.

“Beeline”ning “Beeline Club”ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq