Interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi
11.12.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

Joriy yilning 2 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 328-son qarori asosida “Interaktiv davlat xizmatlari portalida qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, mazkur nizomda tadbirkorlardan ularning faoliyatlariga oid qabul qilingan va ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va normativ-huquqiy hujjatlarni Yagona portal orqali muhokama qilish va ta’sirini baholash, bu bo‘yicha ularning takliflarini o‘rganish tizimini takomillashtirishni.

Tadbirkorlik faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, loyihalar yuzasidan fikr-mulohazalar joylardagi davlat va xo‘jalik, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari tomonidan kuzit boriladi va o‘rganib chiqilib, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab Yagona portalda qabul qilingan va ishlab chiqilayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar muhokamasiga bag‘ishlangan alohida bo‘lim ishga tushiriladi.

Mazkur qarorning amalda tatbiq etilishi tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochish, ularni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini va sohaga doir me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishga xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq