“Beeline”ning Janubi-G‘arbiy hududiy filiali 8 yilligini nishonlamoqda
11.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” kompaniyaning Buxoro va Navoiy viloyatlari huddudlarida xizmat ko‘rsatuvchi Janubi-G‘arbiy hududiy filialining (JG‘HF) sakkiz yillik faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda. Filial ochilgan paytdan boshlab uning abonentlik bazasi 20 marotabadan ko‘pga oshgan.

G‘ulom Ortiqov JG‘HF direktori: “Janubi-G‘arbiy filial “Beeline”ning O‘zbekistondagi eng ilg‘or klasterlardan biri bo‘lib qolmoqda. Yuzlab savdo shahobchalar va eksklyuziv salonlar nafaqat servisning yuqori darajasini, balki minglab ish o‘rinlarini ham ta’minlab bermoqda, kompaniyaning hududdagi innovatsion yetakchiligi esa keng 3G tarmog‘i va FTTB texnologiyasi bo‘yicha katta tezlikdagi Internetning optik tolali liniyalari bilan o‘z isbotini topadi».

beeline_11_12_2014

Korporativ mijozlarga individual yondashuv mintaqaning ko‘plab kompaniyalari uchun “Beeline Business” foydasiga hal qiluvchi argumentga aylandi. Jumladan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida eng yirik operatorning korporativ aloqasidan “Navoiyazot” OAJ, “Qizilqumsement” AJ, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi kabi yirik tashkilotlar va boshqalarning minglab abonentlari foydalanmoqdalar.

Keyingi yillarda “Beeline”ning ikkita viloyatdagi tarmog‘i deyarli 6 barobar kengaytirildi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq