“Konstitutsiya – taraqqiyotimizning huquqiy poydevori” mavzusida davra suhbati
05.12.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Joriy yil 4-dekabr kuni «Telekommunikatsiya transport tarmog‘i» filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma ikki yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – taraqqiyotimizning huquqiy poydevori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur davra suhbatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta o‘qituvchisi B.Boboyorov ishtirok etdi va ma’ruza qildi.
Tadbirda Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi unda belgilangan inson huquqlari va erkinliklari, yoshlar uchun belgilangan kafolatlar, ta’lim olish huquqi, inson sha’ni, qadr-qimmati, haq-huquqlari kabi qadriyatlar haqida so‘z bordi. Tadbirda shuningdek, bosh qomusimizga kiritilgan o‘zgartirishlar, ularning mazmun mohiyati, mazkur o‘zgarishlarni davlat va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida batafsil fikr yuritildi.
Shu bilan birga, har bir inson, ayniqsa, ulg‘ayib kelayotgan yoshlarimiz Konstitutsiyamizni chuqur o‘rganishlari, siyosiy bilimlarini oshirib borishlari zarurligi aytib o‘tildi