“Beeline” abonentlar uchun Avstriyada CAMEL-roumingni kengaytirmoqda
04.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” halqaro ovozli rouming geografiyasi muvaffaqiyatli kengaygani haqida xabar beradi. 1 dekabrdan CAMEL-rouming xizmati Avstriyadagi T-Mobile hamkorlik tarmog‘ida amal qilmoqda.

““Beeline” kompaniyasi o‘z abonentlarini nafaqat roumingda ishonchli aloqa bilan ta’minlash, balki hisoblarida eng kam mablag‘ qolganida ham aloqada qolishlari uchun harakat qiladi, – deydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Innovatsion texnologiyalar CAMEL-roumingni telefonda avtomatik ravishda yoqadi, va bu xizmatni abonentlar uchun yanada qulay qiladi”.

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Beeline” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi. CAMEL-rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar — jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq