5 dekabr kuni Qo‘yliqda “Beeline”ning yangi saloni ochiladi
03.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ochilishi haqida xabar beradi. 5 dekabr kuni soat 09:00dan 14:00gacha “Qo‘yliq” dehqon bozori hududida (Bektemir tumani, Nuroshon ko‘ch., 10) “Beeline”ning navbatdagi shaxsiy ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. An’anaga ko‘ra, ochilish marosimi doirasida tashrif buyurganlar uchun sovrinli o‘yinlar bo‘lib o‘tadi: 12ta “oltin raqam”, “Beeline Club” imtiyozli kartalari va Samsung Galay Ace II mini smartfoni.

beeline_03_12_2014_2

“Aloqa bozoridagi yetakchi sifatida “Beeline” doimiy ravishda o‘z savdo tarmog‘ini rivojlantirmoqda, va biz Toshkentning yirik tumanlaridan birida navbatdagi rasmiy salonimizni taqdim etayotganimizdan mamnunmiz, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Resh. — Ishonaman, yangi ofis “Beeline”ning ichonchli va innovatsion operator maqomini yanada mustahkamlaydi”.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq