“Beeline” Slovakiyada rouming geografiyasini kengaytirmoqda
02.12.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” GPRS-roumingning navbatdagi kengayishi haqida xabar beradi. “T-mobile” (Slovakiya respublikasi) kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
“Abonentlarimiz dunyo bo‘ylab doimo aloqada qolishlari biz uchun muhim, va biz Slovakiyada rouming kengaygani haqida xabar berishdan mamnunmiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – “Beeline”ning innovatsion yetakchi maqomi mijozlarni butun dunyo bo‘ylab ishonchli qo‘llab-quvvatlagan holda chet elda yanada kengayishga undaydi”.
Eslatib o‘tamiz, «Beeline» 2010 yildan beri O‘zbekistonda birinchi raqamli rouming-operator hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek GPRS-rouming (156 ta mamlakatda 344 ta operator) va 3G-rouming (145 ta mamlakatda 281 ta operator) segmentlarida ham yetakchilik qiladi.
Manba: kompaniya press-relizi