CLICK foydalanuvchilari uchun ajoyib yangilik – UMS kompaniyasi hamkorlar safida!
01.12.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi tizimning hamkorlar ro‘yxatiga «Universal Mobile Systems» MChJ kompaniyasining qo‘shilganini mamnuniyat bilan xabar qiladi. Buning natijasida joriy yilning 1-dekabr kunidan boshlab ushbu mobil aloqa operatorining barcha abonentlari CLICK tizimi yordamida plastik kartalaridan o‘z hisoblarini to‘lash va balanslarini to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

CLICK tizimining foydalanuvchilari «UMS» kompaniyasining xizmatlariga to‘lovlarni real vaqt rejimida va hech qanday komissiyasiz o‘z mobil telefonlari orqali yoki my.click.uz va m.click.uz manzilida joylashgan “Shaxsiy kabinet” orqali amalga oshirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yangi mobil aloqa operatori «UMS» kompaniyasiga ulangan CLICK tizimining foydalanuvchilari ilgari CLICK tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqamlarini quyidagi yo‘riqnomadan foydalanib, almashtirishlari mumkin:

1. «SMS-xabarnoma» xizmatini yangi raqamga ulatish lozim.
2. Yangi telefon raqamdan quyidagi USSD-so‘rov jo‘natish kerak: *880*0*karta raqami*amal qilish muddati#

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq