Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasining tanlovida uchinchi kompyuter sohibi aniqlandi
28.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” 2014 yilning 25-28 noyabr kunlari Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Beeline Club” sahifasi foydalanuvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov natijalarini sarhisob qilmoqda. Rafael Davletgarayev “Olti kompyuterdan birini yutib ol” aksiyasi doirasida kompyuter sohibi va g‘olibga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirok etish uchun Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasiga obuna bo‘lish, shuningdek 25 noyabrdan 28 noyabrga qadar “Beeline Club” sahifasida bir tanlov savoliga javob berish kerak edi. Har bir berilgan to‘g‘ri javob tanlovning birinchi kuni – 1 ball, ikkinchi kuni – 2 ball, uchinchi kuni – 3 ball, to‘rtinchi kuni – 4 ball bilan hisoblandi. Eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb tan olindi.

Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasi “Beeline” kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun “Beeline” xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga “Gold” kartasi, 3000 ball evaziga esa “Platinum” kartasini qo‘lga kiritish mumkin. “Status” tarif rejasi abonentlari avtomatik holda “Beeline Club” ishtirokchisiga aylanadilar.

“Beeline”ning “Beeline Club”ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq