Xavfli vaziyat aloqasi funksiyasiga ega Limmexda Gemalto ishlanmalaridan foydalanilmoqda
26.11.2014
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Ilgari Gemalto kompaniyasi Swisscom mobil operatori dastlabki, favqulodda vaziyatlarda aloqa qilish uchun foydalanish imkonini beruvchi soatlar loyihasida ishtirok etishi haqida xabar berilgandi. Albatta, bu oddiy soatlar bo‘lmay, unga maxsus funksionallik kiritilgan. Mazkur funksionallikni amalga oshirishga Gemalto yordam berdi.

gem_26_11_2014

Barchasi haqida batafsil fikr yuritsak. Ta’kidlanishicha, soatlar bolalar, qariyalar va boshqa sog‘lig‘ida muammosi bo‘lganlar, VIP, shuningdek, yolg‘iz sayohatga chiqqanlarning xavfsizligini ta’minlay olishga qodir. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, soatning maxsus tugmasini bosishning o‘zi kifoya, natijada do‘stlar yoki yaqinlar bilan aloqa o‘rnatiladi.

Limmex soatlari Shveytsariya savdo belgisi bilan chiqariladi. Ularda ishlab chiqarish jarayoni soddalashib, turli bozorlar uchun soatlar chiqarishdan ozod etuvchi Gemalto identifikatsiya (MIM) Cinterion moduli va talabga ko‘ra, LinqUs ulanish texnologiyasidan foydalanilgan.

Qurilma tashqi ko‘rinishdan oddiy shveytsariya soatlariga o‘xshaydi. Biroq ular favqulodda vaziyatlarda aloqa uchun kiritilgan mikrofon va ovoz balandlatkich bilan jihozlangan. Tezkor chaqiruv uchun siferblat bosilishi bilan amalga oshadi. MDH mamlakatlarida soatlar savdoga 2015-yilda chiqarilishi kutilmoqda.

Manba: www.gemalto.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq