Smartfonlar do‘konlardagi mahsulotlarning asl mahsulot ekanligini aniqlaydi
26.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

NEC kompaniyasi ajoyib texnologiyani taklif etdi, unga ko‘ra smartfon yoki planshet kamerasi yordamida olingan oddiy fotosuratga asosan do‘konlardagi mahsulotlarning asl mol ekanligini aniqlaydi.

nec_26_11_2014

Qandaydir mahsulotni ishlab chiqilgan joyini aniqlash uchun maxsus optik moslama orqali fotosuratga olinadi. Tasvir unga o‘rnatilgan mobil ilova orqali bulutli texnologoyaning ma’lumotlar bazasiga jo‘natiladi va oldindan kiritilgan asl mahsulotlar suratlari bilan solishtirma tahlil qilinadi. Bunday namunalar, masalan, ishlab chiqaruvchilar tomonidan kiritilishi mumkin. Agar mos kelmaslik aniqlansa, foydalanuvchi bu haqda xabar oladi.

Tizimning ishlash tamoyillari mahsulotning metall yoki plastik elementlaridan tuzilmasidagi mayda donali tadqiqotlarga asoslangan. Bunday mayda zarralardagi farqni inson ko‘zi illay olmasligi mumkin, biroq maxsus dasturiy ta’minot asosida tahlil etilishi mumkin. Bundan tashqari, juda yuqori darajada aniqlikka erishiladi. NEC ta’kidlashicha, taqdim etilgan texnologiya nafaqat soxta mahsulotni aslidan farqlay oladi, balki misol uchun, do‘konlarga qanday yo‘l orqali kelib tushganligini ham kuzatishga yordam beradi. NEC allaqachon mazkur texnologiyani qiziqib qolgan hamkorlar bilan tijoratli imkoniyatlarini ham muhokama qilmoqda. Mahsulotni yarim yildan so‘ng bozorga taqdim etish mo‘ljallanmoqda.

Manba: www.pcworld.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq