Prynt g‘ilofi smartfonni tezkor suratga olish kamerasiga aylantiradi
26.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Texnologiya.
Muallif: .

Prynt kichik fransuz startapi kamerasi yordamida olingan suratlarni darhol chiqarib bera oladigan smartfonlar uchun ajoyib g‘iloflarni bozorga taqdim etish arafasida. Prynt ishlanmalari smartfonlar uchun slot va maxsus qog‘ozlar uchun lotok vazifasini bajaradi, uning qizish jarayoni natijasida tasvirlar paydo bo‘ladi. Axborotni uzatish hozirgi holatda simsiz aloqa Bluetooth orqali amalga oshiriladi, bir tasvirli suratni bosib chiqarish uchun taxminan 50 soniya vaqt ketadi. Prototip lotogiga faqat bir varaq qog‘oz sig‘adi.

prynt_26_11_2014

G‘iloflarning tijorat versiyasi diagonal displeyli smartfon «bortiga» faqatgina 4 duym yuklama joylashadi. Bundan tashqari, Galaxy Note va iPhone 6 Plus kabi fabletlar uchun modifikatsiyalar yaratish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Bunda ma’lumotlarni uzatish jarayonini qisqartirish imkonini beruvchi bevosita konnektor orqali birlashtirish hisobiga, Bluetooth-aloqasidan voz kechish rejalashtirilmoqda.

Prynt g‘ilofi lotogining yakuniy shaklida 10tadan 30tagacha qog‘oz varag‘i joylashtiriladi. Bir suratni qayta ishlash uchun taxminan 30 soniya vaqt ketadi.

2015-yil boshida yangilikni ishlab chiqarish uchun mablag‘ yig‘ish uchun Kickstarter-kampaniyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Taxminiy bahosi 100 AQSH dollaridan iborat.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq