Germaniyalik olimlar kichik robot-taroqni ishlab chiqdilar
26.11.2014
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Tibbiy uskunalardan biri — tashhisni aniqlash hamda dori-vositalarini yetkazib berishda yordam beruvchi, qon-tomirlari ichiga joylashadigan mikroskopik robotlar bo‘lishi mumkin.

robot_26_11_2014

Mazkur g‘oyani amalga oshirishning dastlabki qadami germaniyalik mutaxassislar ishlanmalaridan iborat. Maks Plank nomidagi institut olimlari robot konstruksiyasi uchun samarali tanlovni amalga oshirish, ya’ni suyuqlikda suza oladigan jismni yaratishning uddasidan chiqdilar. Ta’kidlanishicha, mazkur muhitda joylashish uchun robotni moslashtirishda, uning harakat tamoyili ikki tabaqali chig‘anoq mollyuskasiga monand.

robot_26_11_2014_1

Uning prototipi sifatida ixcham chig‘anoq nusxasining tuynuklari yopilib, paydo bo‘ladigan reaktiv tortish kuchi hisobga olingan. Bu suyuqlikda ishonch bilan turli, jumladan, o‘zgarib turadigan, zichlikda harakat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, quvvat sarfi nuqtai nazaridan, juda tejamkor. Robot xususiy quvvat ta’minoti manbaiga ega emas, bunga uning o‘lchami imkon bermaydi. Ishga tushirish uchun tashqi elektromagnit maydoni quvvatidan foydalaniladi.

Robot tadqiqotchilar uchun yaratilgan, hozircha tibbiy vazifalar yechimlari uchun mo‘ljallanmagan. Ishlab chiqaruvchilarning maqsadi, konsepsiyani tekshirish foydali robot-chig‘anoqlarni ishlab chiqishni xohlovchilar uchun yaratishdan iborat edi.

Manba: www.nature.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq