Ear-O-Smart: Sirg‘a shaklidagi fitnes-treker
26.11.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yangilik ayollarga mo‘ljallangan. Ear-O-Smart turli dizaynga ega bo‘lishi mumkin, biroq funksionalligi doimo birdek qoladi: mahsulot yurak qisqarishi, faollik va sarflangan kaloriya haqida ma’lumot to‘play oladi. Yurak qisqarishi chastotasi maxsus datchiklar asosida aniqlanadi, quloq atrofidagi teri osti qon oqimini ham tahlil eta oladi.
Simsiz aloqa Bluetooth 4.0 vositasida olingan ma’lumot mobil ilovaga Android yoki iOS operatsion tizimi uchun uzatiladi. Hozirgi vaqtda Ear-O-Smart ishlanmasi to‘liq yakunlanmagan. «Aqlli» taqinchoqning kichik o‘lchami evaziga uning quvvat ta’minoti muammosi mavjud. Biroq loyiha ishtirokchilari avtonom ishlash davrida, kamida sakkiz soat quvvat olmay, ishlashiga ishonch bildirmoqdalar.
BioSensive Technologies kraudfanding kompaniyasi yordamida 30 ming kanada dollari($26 ming AQSH dollari)ni jalb etish niyatida. Agar ko‘rsatilgan mablag‘ jamlansa, treker 2015-yilning iyun oyida sotuvga chiqariladi. Yangilik uchun $130ni jo‘natib, unga navbatga turish mumkin.
Manba: www.kickstarter.com