Burg «aqlli» soati 12ta mobil telefon o‘rnini bosadi
26.11.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

soat_26_11_2014

Bilakka taqishga mo‘ljallangan mini-telefon Burg 12 — «aqlli» soati savdoga chiqarildi.

Burg 12 — bu butkul mustaqil qurilmadir. Uning yordamida egalari mobil aloqa tarmog‘i vositasida qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari (SIM-kartasi uchun slot mavjud), shuningdek, SMS va MMS-xabarlarni almashishlari mumkin. Kamera va FM-tyuner ko‘zda tutilgan.

Zarur bo‘lganda, Burg 12ni smartfonga simsiz Bluetooth orqali ulash mumkin. Qurilma Android va iOS tizimi bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

Soat bir yarim duymli sensorli, 240/240 pikselli displey, microSD-kartalar uchun sig‘imi 16 Gbayt slot hamda kompyuter orqali quvvat oluvchi va ma’lumotlarni sinxronlovchi Micro-USB porti bilan jihozlangan. Ta’kidlanishicha, akkumulyatori quvvati kutish rejimida uch ish kuni, 2–3 soat suhbatlashishga yoki 3–4 soatlik musiqa fayllarini tinglashga yetadi. Korpusi tirnalishdan va suvdan himoyalangan. Burg 12 soatlari 200 AQSH dollari bahosida savdoga chiqarilgan.

Manba: www.ubergizmo.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq