Bolalar uchun FiLIP 2: «aqlli» soati
26.11.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

filip_26_11_2014

Filip Technologies kompaniyasi vazifasi ota-onalar — farzandlarining joylashgan joylarini nazorat qilishda yordam beruvchi va bu haqda ularga xabar berish va doim ular bilan birga, aloqada bo‘lishi lozim bo‘lgan FiLIP 2 — qo‘l soatini taqdim etdi.

Qurilma GSM moduli, simsiz aloqa Wi-Fi kontrolleri hamda yo‘ldoshli GSM navigatsiya tizimi priyomnigi bilan jihozlangan. Smartfon uchun maxsus ilova yordamida (hozirda iOS uchun yangi dastur versiyasiga ulanish, Androidli modifikatsiya keyinroq paydo bo‘ladi) kattalar xaritada farzandlarining joylashgan joylarini, uning harakati yo‘nalishini ko‘rishlari mumkin.

filip_26_11_2014_1

Ota-onalar, ularga FiLIP 2 yordamida qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin bo‘lgan beshta telefon raqamini kiritish mumkin. Tezkor yordam tugmasi mavjud. Uni bosish bilan avtomat ravishda, yozuv uchun mikrofoni, joriy turgan manzili yangilanib, xotirasidagi telefon raqamlaridan biri bilan aloqa o‘rnatish uchun faollashadi.

Hududni nazorat qilish funksiyasi joyni aniqlash imkonini beradi va bola cheklov chegarasidan o‘tishi bilanoq, bu haqda avtomatik xabar jo‘natadi.

filip_26_11_2014_2

Albatta, FiLIP 2 gadjeti oddiy soatlar vazifasini bajaradi: undan vaqtni va kun sanasini bilish mumkin. Matnli xabar almashish ham amalga oshiriladi. Kuchli ishlangan korpusi elektronikani zarba va ehtiyotsizlik oqibatlaridan himoya qiladi. Turli rangda bezatilgan variantlari mavjud.

AQSH’da FiLIP 2 savdosi bilan AT&T operatori shug‘ullanmoqda. Hozirgi vaqtdagi bahosi $100. Yangi yildan keyin qurilma $150 bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: www.engadget.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq